Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
318 581 O‘t solur el jonig‘a har dam sovug‘lug‘ birla day, Soqiyo, sinmas havo zahri ketur taryoki may. Tuz shabiston ichra suhbatkim, ishorat mayg‘adur Sham’i kofuriki, osti shusha muzlar birla day. Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni, Mutribo, ul o‘tni tez etmakka ol og‘zingg‘a nay. Dahr mushkin chun havo kofuri pinhon ayladi, Bodayi mushkini kofuriy mizoj ichmay netay. Ichkali ixfo uchun tun mushkini istar hakim, Shukr bu kofur aro ham zohir ermas hech shay. Ul quyosh qor uzra chiqqach yuzum uzra anglaman, Ashk yo ko‘z oqi su bo‘lub oqarmu, yo‘qsa xay. Ilgida maylig safol, usruk Navoiy qor uza, Ey falak, qil jomi Jam birla tamosho taxti Kay. 582 Shukr lilloh, ey ko‘ngulkim, raf’ o‘lub hijron tuni, Ul quyosh yuzin ko‘rarmen tengrining qutluq kuni. Otashin la’ling aningdek o‘rtadi olamnikim, Har taraf bir o‘t tutashqan jondur aning uchquni. Mehrdin ruxsora sarg‘arg‘an sayi sargashtamen, Zarra sargardonlig‘in afzun qilur mehr oltuni. Bodadin tim-tim qizarmish orazi, vah-vah ko‘rung Kim, ajab gullar ochiptur ul malohat gulbuni. Shomi hijron mehnatin sharh ayla olman za’fdin, Ul qora bosqan kishidekkim, aning chiqmas uni. Axtaredur nahs ushshoqi badaxtar jonig‘a, Ulki har yon iltirar hijron tunining shudruni. Ey Navoiy, demakim uyquni tush ko‘rgay ko‘zung, Yig‘lamoq bu ersa tush ko‘rgay magar ko‘z uyquni. 583 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 319 G‘amingdin chun ajal go‘r og‘zida jismim nihon etkay, Mazorim lavhi darding sharhini tildek bayon etkay. Qanotlig‘ mo‘rdek jismimni uy qilmish ajal xayli, Magar ul nav’ qushlar bu buzug‘ni oshyon etkay. Yuz ochqoch egma qaddim za’f qildi, vah, ne bildimkim Quyosh vasli yangi oyimni mundoq notavon etkay. Og‘iz bo‘ldi ko‘ngulga chokiyu til anda paykoning, Ne tong bu til og‘iz birla agar muhlik fig‘on etkay. Qiliching suyini istar qurug‘an naxldek qaddim, Ajab ermas qazo aning gulin gar arg‘uvon etkay. Der erdim ko‘yini yuy ashk ila el zaxmi qonidin, Ne bildimkim, ham ul el rashki-o‘q ashkimni qon etkay. Natija kuymagu ashkimdin o‘zga topmag‘ay, ulkim, Bu gulshan shu’lavu dudin gulu sunbul gumon etkay. Tilar yuz laxt qon etkay nasibin dahr dehqoni Qayu bulbulnikim, gul xoni uzra mehmon etkay. Jigargundur Navoiy jismi qon yoshdin mahaldurkim, Qazo bu nav’ la’l uchun fano tog‘ini kon etkay. 584 Sihhatim ozurda jononimda bo‘lg‘ay koshki, Dardi aning tinmag‘ur jonimda bo‘lg‘ay koshki. Notavon ko‘rguncha bistarda sinondek qomatin, Yuz sinon bu chashmi giryonimda bo‘lg‘ay koshki. Bo‘lg‘ucha ashki ravonim sayli har yon jilvagar, Jilva ul sarvi xiromonimda bo‘lg‘ay koshki. Ko‘zuma gar kirpigim osibidin sunmas oyoq, Barqi ofat bu nayistonimda bo‘lg‘ay koshki. Ul oyoq ozurda bo‘lg‘uncha bo‘lub boshim fido, Zahmati boshtin-ayoq jonimda bo‘lg‘ay koshki. Nolam ul oyg‘a yetib jon vaslidin mahrum erur, Jon dag‘i payvasta afg‘onimda bo‘lg‘ay koshki. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling