Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
316 Ul pariy la’lida joning, ey Navoiy, bo‘ldi mahv, La’lgun kisvatda mahv etgandek o‘zni ul pariy. 577 So‘zi hajring ichra yo‘q biryon ko‘ngulning toqati, Bo‘lmas ermish kuygan elning o‘t bila ko‘p ulfati. Ashki tim-tim qonidin kulbam bezansa ne ajab Kim, erur gul bargidin bulbul evining ziynati. Tolpinur kul ichra mendek shu’la tortib go‘yiyo Kim, quyoshning jismig‘a o‘t yoqti ul yuz hasrati. La’li serobidin ar xat zohir o‘lmas, ayb emas, Xizrning hayvon suyi ichkandin o‘lmish g‘aybati. Har sari maxfiy tuganlig jism ila munglug‘ ko‘ngul, Soyiledurkim, erur mamlu diramdin kisvati. Ey musavvir, chekma nozir mendin o‘zga zinhor, Daftari ishqim aro yozilsa ul oy suvrati. Mudbire toptuq Navoiyni salomatdin yiroq, Ko‘rkim, ul ne nav’u ne yanglig‘ jahonda shuhrati. 578 Tavsaning na’lidin istarmen boshimg‘a afsare, Hindudekkim boshig‘a tovusdin sanchar pare. Orazingda may, may ichra orazing zohir qilur, Gahe axtardin shafaq, gohe shafaqdin axtare. Bazmi ayshin ko‘kka nevchun chekmagay ulkim, anga Tutsa ruhullah dami har dam quyoshdek sog‘are. Masnadim ko‘rgilki, har tun qasri toshu farshidin, Boshqa xoro muttakodur, tang‘a koshi bistare. Vah, ne lo‘liyvashdur ul qotilki umdan xalqning Qonini to‘kmakka har bir kirpigidur nishtare. Orazing vasfi tuganmas kotibi sun’ aylasa, Dahr bo‘stonida gul yafrog‘laridin daftare. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 317 Ey Navoiy, sarvdek ozod bo‘l gar istasang, Gul masallig shohide, bulbul kebi xunyogare. 579 Davlat tongi yuziyu sochi tong qorong‘usi, Masti sabuh ko‘zlarin eltib tong uyqusi. Bulbul pari emas, gul erur bergali jilo, Har bargi gulki, yeldin erur tiyra ko‘zgusi. Gulzor dahr shu’badasin go‘yiy anglamish, Ichinda za’farondin emas g‘uncha kulgusi. Boshimni yuqori qila olman binafshadek, Ko‘nglumga chunki chirmashur ul turra qayg‘usi. Ko‘z bahri ichra shisha kiyib mardum etti g‘avs, Yoyildi ushbu vajh ila yuz sari injusi. Holimg‘a hajr bazmi aro tortsam surud, Bor navha maddi telba ko‘ngulning ayalg‘usi. Qatlimg‘a mujda berdiyu o‘lturdi intizor, Bir umrdin so‘ng elga yigit va’da bergusi. 580 Zohir aylar ashk ila ohimni hajring og‘usi, Go‘yiy mundoq esnatur oxir nafasning uyqusi. Hajri bepoyon, tuni muhlik, jununum bul’ajab, Subh go‘yo motamim tutmishki, kelmas kulgusi. Kuydurub jismimni, bergaysen kulum birla jilo, Tiyra bo‘lsa qon ila qatlimda tiyg‘ing ko‘zgusi. Meni majnundek tutuptur dasht demangkim, bu dasht Tog‘lar erdiki, homun qildi ko‘nglum qayg‘usi. Ey ko‘ngul, oh o‘qlarin ul g‘amzaning ollig‘a chek Kim, o‘q otmog‘lig‘da sendin tuzdur aning qobusi. Demangiz oshiq ko‘ziga ne yorug‘lug‘dur mufid, G‘am kuni dilbar yuzi, hijron tuni tong yog‘dusi. Hajr aro tuzdi Navoiy vasl mulkin berdi yor, Andoq ish qilg‘ang‘a mundin kam kerakmas jo‘ldusi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling