Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
320
Ey Navoiy, dema roziysenmu umrung istasa,
Yuz mening umrumcha sultonimda bo‘lg‘ay koshki. 
585 
Nechakim, ul oyg‘a mendin mehribonroq yo‘q kishi,
Yaxshi to qilsam nazar mendin yomonroq yo‘q kishi. 
Xastalar jonig‘a ul bemor ko‘zdin novake 
Gar otarsen bilki, mendin notavonroq yo‘q kishi. 
Ohu xunobimni lahnu boda qilmishsen gumon,
Dilrabolar ichra sendin badgumonroq yo‘q kishi. 
Ahli ishq ozori jonin istabon tishlar labin,
Mendin ushbu qissada, ozurdajonroq yo‘q kishi. 
Yor etar ermish vatan bexonumonlar ko‘nglini,
Shukr mendin ko‘yida bexonumonroq yo‘q kishi. 
Xoslar vasl istagaylar, vahki, men devonadin
Ul pariy ko‘yida benomu nishonroq yo‘q kishi. 
Ey Navoiy, xurdai nazmingg‘a isloh istasang,
Shohi G‘oziydin jahonda xurdadonroq yo‘q kishi. 
586 
Sensizin bazm ichra qat-qat qon, ko‘ngul betob edi,
Dam-badam jomi labolab chekkanim xunob edi. 
Har muqannad pistakim, bazm ichra erdi jilvagar,
La’lingu og‘zing xayolidin ko‘ngul betob edi. 
Bazm edi jonbaxsh, may birla yorug‘, vahkim, manga
Zulmat erdikim, hayotim chashmasi noyob edi. 
Halqayi bazm elga qaydu bir musalsal turradin
Chekkali ul bazmdin jonimda yuz qullob edi. 
Yetti ko‘k javfi to‘la g‘amni azaldin go‘yiyo
Ishq jam’ aylab mening jonim uchun asrab edi. 
Siymgun g‘alton sirishkimdurki, holo bo‘ldi qon,
Buki el shingarf deydurlar, burun siymob edi. 
No‘shi vasl ar yetmasa g‘am yo‘q Navoiykim, mudom
Hajrdin ahli vafo jomida zahri nob edi. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
321
587 
Tilarmen muztar etsa ofati ozurda jonimni,
Sovursa ofiyat birla tuzulgan xonumonimni. 
Chiqib sarxush, chopib abrash, qilib javlon, olib maydon,
Vujud iqlimidin mahv aylasa nomu nishonimni. 
Urub jonimg‘a nishi g‘am, tuzub qatlim uchun marham
Xino qilsa balo shohidlari ilgiga qonimni. 
Firoq ichra alifdek qaddima g‘am tog‘ini yuklab,
Uhud ostidag‘i dol etsa jismi notavonimni. 
Junun ko‘yida usruk sudratib ratb-ul-lison qilsa
Fano avboshig‘a dayr ichra bu rozi nihonimni. 
Yuzin aylab qora keynicha solib ishq atfolin,
Bori mastu malang o‘ynatsa aqli xurdadonimni. 
Navoiy, ne may erdikim, ichib olamg‘a fosh ettim,
Ulustin yoshurun yillar ko‘ngulda asrag‘animni. 
588 
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o‘zumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labolab sipqaray. 
Bo‘g‘zuma jome quyub, qutqar gadolig‘din meni,
Vah, necha bo‘g‘zum chekib bir jur’a uchun yolboray. 
Bir qadah may bersalar, vah, g‘oyati iflosdin,
Necha la’li qiymatiy topqan gadodek oldaray. 
Tortay o‘zumni evaz, kim qilsa ehson bir qadah.
Bu bahona birla o‘zlukdin o‘zumni qutqaray. 
Vajhi may jon naqdiyu tan dog‘idur, ey mug‘bacha,
Xilqatim ganjinasin yuz qatla gar xud axtaray. 
Jong‘a yettim aql vasvosi bila, tengri uchun,
Soqiyo, jomimda afyun ezki, botroq telbaray. 
Eyki, debsen g‘ayrdin ayru kelu chek jomi vasl,
Gar bu xilvatda Navoiy mahram ermas qaytaray. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling