Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


LOMALIFNING LOLARUXLARINING LOBASI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

LOMALIFNING LOLARUXLARINING LOBASI «G‘AROYIB»DIN 
573 
Ul jigar pargolasi ashkimni gulgun qildilo,
Shod etay deb notavon ko‘nglumni mahzun qildilo. 
Va’da aylab jilvasin bog‘ ichra andoqkim pariy,
Dasht uza ovora qilmog‘likqa Majnun qildilo. 
Dedi, vaslim birla ko‘ptin-ko‘p g‘amingni kam qilay,
Ani kundin-kunga o‘ksutmaktin afzun qildilo. 
Qutqaray deb charx javridin meni sargashtani,
Anjumi paykon bila jismimni gardun qildilo. 
Zulfig‘a vahshiy ko‘ngul saydin giriftor etkali,
Yo‘q og‘izdin bor ekancha hadde afsun qildilo. 
Muflis erdim may qilib sing‘on safolim jomi Jam, 
Xotirim vayronasin xud ganji Qorun qildilo. 
Kim Navoiydin saloh istar, erur g‘ofil base,
Xirqau sajjodasin ul mayg‘a marhun qildilo. 
574 
Vafo va’da aylab jafo ayladinglo,
Jafo va’dasig‘a vafo ayladinglo. 
Mening birla yuz tiyralik zohir aylab,
O‘kush tiyralarga safo ayladinglo. 
Dedingkim, xatosiz otay ko‘nglungga o‘q,
Deb o‘q otmag‘an ne xato ayladinglo. 
Visolingg‘a begona aylab ko‘ngulni,
Firoqing bila oshno ayladinglo. 
Deding, ey ko‘ngul, ishqdin urmayin dam,
Bu ma’noda ko‘p mojaro ayladinglo. 
Burun, ey falak, ko‘rguzub mehr, so‘ngra
Manga qism dardu balo ayladinglo. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
Navoiy, ko‘ngulga siyosatlar aylay,
Debon borin oxir manga ayladinglo. 
Yo HARFINING YaG‘MOYILARINING YuZ KO‘RGUZMAKLARI «G‘AROYIB»DIN 
575 
Zihe har lahni bulbul savtining zotingg‘a isbote,
Jahon bog‘ida har gul yafrog‘i husnungra mir’ote. 
Vujudi zarraning mumkin emas to sobit o‘lmas mehr,
Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotig‘a isbote. 
Bo‘lub zotingda ojiz har sifat ichinda mavsufe,
Aningdekkim, qila olmay sifoting sharhini zote. 
Xirad zotingda tashbih etkali har fikrkim aylab,
Takallum anda yo‘l topmay magar hayhot-hayhote. 
Ne qahring zahridin emin bo‘lub har sokini masjid,
Ne lutfung bodasidin noumid ahli xarobote. 
Ne zarra bo‘lsa maqbulung quyoshdin zarra qilg‘andek,
Quyosh ul zarradin aylab sharaf birla mubohote. 
Navoiy zikri otingdur, umidi ulki qutqarsang,
Ani ot istamakdin, balki andinkim, bo‘lur ote. 
576 
Jilvamu aylar qizil to‘n birla har yon ul pariy,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy. 
Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo‘li devonalar qonig‘a kirmish ul pariy. 
Xullasin xunoblig‘ jon rishtasidin qildi charx,
Bo‘ldi jonlar joni, vah-vah, ul pariyvash paykari. 
Orazing naqshimudur qonlig‘ ko‘ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo‘ldi toli’ oftobe xovariy. 
Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tiyg‘u libosi ahmariy. 
Qon aro ko‘nglum yuzung shavqidin andoq xastadur
Kim, erur gulgun harir oltida aning bistari. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling