Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
336
Ey Navoiy, istasam o‘lmak ne g‘am el ta’nidin,
Bore men har nav’ etib, jonong‘a jonni yetkuray. 
618 
Ey ko‘ngul, kelkim, balo bazmida jomi g‘am tutay 
O‘z qatiq holimg‘a o‘lmastin burun motam tutay. 
Yig‘labon boshimg‘a ohim dudidin chirmab qora,
Motamim el so‘ngra tutquncha, o‘zum bu dam tutay. 
Olam ahlig‘a necha qildim vafo, ko‘rdum jafo,
Ey ko‘ngul, kel-kelki, tarki jumlayi olam tutay. 
Emdikim, ishrat surudidin ochilmang, ey ko‘ngul,
Navha ohangin tuzub, bir dam seni xurram tutay. 
Mastlig‘din o‘zga yo‘q dardim iloji, soqiyo, 
May keturkim, ham ichay, bir lahza ani ham tutay. 
Qo‘yg‘il, ey nosihki, mug‘ dayrida o‘z ahvolima,
Mast loya’qil yoqam yirtib, surudi g‘am tutay. 
Chun jahon birla jahon ahlig‘a yo‘q ermish vafo,
Ey Navoiy, men fano sarrishtasin muhkam tutay. 
619 
Olsa jonimni labing davron to‘kub qon yoshini,
Tong emas ul yosh ila la’l etsa qabrim toshini. 
Fitna ta’lim etmasa qoshing sanga bedod uchun,
Xam bo‘lub nevchun qulog‘ingg‘a keturmish boshini. 
Ko‘z tutar erdim qalam kirpiklarimdin bog‘la deb,
Gar azalda ko‘rsam erdi suvrating naqqoshini. 
Mayl etar ko‘nglum qushi jon pardasin qilg‘ay qanot, 
Ko‘rgali har kecha mahram ko‘yining xuffoshini. 
Oshiq o‘ldum, chunki may berding, magar ey mug‘bacha
Ishq o‘ti birla pishurmishlar piyolang doshini. 
Shayxu ahli xonaqah, tengri tuta bersun manga
Haq yo‘lin ko‘rguzgali dayri fano avboshini. 
Jon qushi qasdig‘a sog‘ing‘ay guruha birla yoy,
Ey Navoiy, kimki ko‘rsa xoli birla qoshini. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
337
620 
Ey ko‘ngul, qo‘yg‘ilki, mundin so‘ng gadolig‘ fan qilay,
Ko‘yida bu fan bila bir yo‘l boshin maskan qilay. 
Gah bu ishratdinki, ul ko‘y ichradurmen shod o‘lay,
Gah bu mehnatdinki, andin ayru men shevan qilay. 
Aylamakdin tang‘a anduhu balo toshin hisor,
Jonima hayru salomat xaylini dushman qilay. 
Ul yuzu qomat kerak, vah, o‘zni kuch birla necha,
Moyili gul aylayin yo volihi savsan qilay. 
Yoshurun g‘am soldi ravzanlar ko‘ngulga, ey rafiq,
Qo‘yki, men ham oh ila gardunni yuz ravzan qilay. 
Soqiyo, ko‘z birla ko‘nglumni qora qilmish xumor,
Kelki, bu uylarni may xurshididin ravshan qilay. 
Gar Navoiy mast agar maxmur o‘tar bu dayrdin,
Bodapolodin kafan, mug‘ dayridin madfan qilay. 
621 
Ko‘nglumga sho‘r soldi biravning malohati,
Vahkim, ajab tuz o‘ldi yana zaxmim ofati. 
Ter qatrasin yuzida ko‘rub ishqim o‘ldi tez,
Afzun bu sudin o‘ldi o‘tumning harorati. 
O‘ynatti qoshu ohkim, ul dos no‘gidin
Bag‘rimning o‘ldi toza o‘ngalg‘an jarohati. 
Sekritti raxshu kuydi ko‘ngulning ul o‘t bila
Jon mazraida xirmani oromu toqati. 
Ko‘nglum so‘rarg‘a keldi, vale oldi jonni ham,
Mundoq bo‘lurmu dilshudalarning iyodati. 
Sharbati visol yo may emish qaysi xastaning
Kim, ishq anduhidin o‘luptur malolati. 
Mayg‘a Navoiy etti ko‘ngul shishasini zarf,
Bu bo‘ldi rindliq aro aning zarofati. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling