Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
352 Dema, mendin uzub ko‘ngul yana bir yor tutmishsen, Gumon qilmaki, olam ichra sendek yonae bo‘lg‘ay. Deding, bo‘lsam sanga mehmon ne yerni bazmgah qilg‘ung Gadoyi xastag‘a manzil buzug‘ koshonae bo‘lg‘ay. Fano dayrin tilarmen bo‘lmag‘ay hech kimsa o‘zluk ham Ulug‘ birla kichikdin bir kupu paymonae bo‘lg‘ay. Jahon makkorasi sho‘xedurur bas dilfirib oxir, Ne erkim, boshidin kechgay aning mardonae bo‘lg‘ay. Navoiy g‘amg‘a xo‘y aylabdururkim, ofarinishda Falakning javfidek mushkil agar g‘amxonae bo‘lg‘ay. 649 Vah, necha ul sho‘x bedodin meni shaydo ko‘ray, Ishqidin yag‘mo chekay, husnidin istig‘no ko‘ray. Necha ul durri garomiy shavqida hijron tuni, Ko‘z yetishguncha sirishkim saylini daryo ko‘ray. Necha ul rashki g‘azoli chinni istab dasht aro, It kebi devona ko‘nglumni jahonpaymo ko‘ray. Necha bir kofir xayolining sipohi zulmidin Kishvari jon ichra dinim naqdig‘a yag‘mo ko‘ray. Necha zuhdu ofiyat ichra ko‘rub taqvo elin, O‘zni ishq oshubidin olam aro rasvo ko‘ray. Necha ko‘z qoni hubobidin baliyyat dashtida Bir yuzi gulgun g‘amidin lolai hamro ko‘ray. Soqiyo, ul nav’ g‘arq etkil meni may ichrakim, Gar dam ursam may yutay, gar ko‘z ochay sahbo ko‘ray. Elda chun yo‘qtur vafo sahrog‘a qildim azmkim, Xalq ila ko‘rguncha kishvar vahsh ila sahro ko‘ray. Jon bila azm ettim ul qotil sarikim, sa’y etib, Yo Navoiydek qilay jonni fidosi, yo ko‘ray. 650 Ey quyoshqa ko‘z qamashturg‘on jamoling partavi, Sarvi ra’nolikda xushraftor qadding payravi. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 353 Qof tog‘in gar parilar maskan etmishlar ne tong, Qarilardur navjuvonim hijlatidin munzaviy. Uylakim Moniy ishidin zoyi’ o‘ldi naqshi Chin, Ul buti Chin suvratidin bo‘ldi naqshi monaviy. Ishq ilgi quvvati men xastani qilmish zabun, Ey ko‘ngul, ne chora aylay men zaifu ul qaviy. Bulbul ar gulbong urar gul suvratidin men xamush Kim, takallum taxtig‘a kirmas adoyi ma’naviy. Ishq sirrin rindi durdiykash bilur, yo‘q ahli dars Ulcha avroq uzra sabt o‘lmas ne bilgay Mavlaviy. Demangiz bulbul Navoiyni, samandardekki, bor Nazmi ichra shu’layi Jomiyu so‘zi Xusraviy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling