Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
356
Ohkim, tarki
muhabbat qildi jonon oqibat,
Bo‘ldum ushbu g‘ussadin rasvoyi davron oqibat.
Qolmadi maxfiy g‘amim el ichra pinhon oqibat,
Yoshurun dardimni zohir qildi afg‘on oqibat,
Asrag‘an sirrimni yoydi sayli mujgon oqibat.
Toki chekti o‘qu yo qasdimg‘a
ul mujgonu qosh,
Ayladi paykonlari har sari bag‘rimni xarosh,
Pardayi sabru salomat yoyibon, ey bag‘ri tosh,
Yoshurub erdim bag‘ir chokini, vahkim, qildi fosh,
Har taraf ko‘zdin tarashshuh aylagan qon oqibat.
Ko‘p yugurdum ishq yo‘lida
meni gumrohkim,
Bilgasen holimni, lekin bo‘lmading ogohkim,
Ishq aro o‘lgumdurur bil, emdi, ey, dilxohkim,
Tiyg‘i hajringdin nihon ko‘ksum shikofin, ohkim,
Elga ravshan
ayladi choki giribon oqibat,
Tiyrboroni g‘aming yog‘durg‘ali ko‘nglumga sahm,
Yuz tuman dog‘i nihon qo‘ymish edi ul xavfu sahm,
Xalq ani fahm etmasun deb bor edi ko‘nglumda vahm,
Voykim, ko‘ksum shikofidin ulusqa bo‘ldi fahm,
Ishq o‘ti bag‘rimda qo‘yg‘an dog‘i pinhon oqibat.
Ul pariykim, telbalarga
ishqidin monand edim,
Zulfi zanjirida Majnundek asiri band edim.
Javrig‘a qone’ bo‘lub vaslig‘a hojatmand edim.
Shavqidin dam urmayin bedodig‘a xursand edim,
Vahki, bo‘ldum hajridin rasvoyi davron oqibat.
Orazi qoshida gul yuz vajh ila bordur karih,
Ming jihatdin nutqi ollinda erur bulbul safih.
Ko‘ziyu zulfig‘a
ermas nargisu sunbul shabih,
Gar budur kofir ko‘zu zunnori zulfi,
ey faqih,
Bo‘lg‘udekmen, dayr aro mastu parishon oqibat.
Jonni Majnun ul pariy ruxsora yodi ayladi,
Ko‘zni giryon
ishq zulmi may fasodi ayladi,
Tanni uryon, aqlu donish xayrbodi ayladi,
Ishq ko‘yida
jununumni munodo ayladi,
Hajr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.
Boda ichkim davr ishida e’tidole ko‘rmaduk,
Navbahori husn aro sohib jamole ko‘rmaduk
Kim, xazoni umrdin anda zavole ko‘rmaduk,
Dahr bo‘stoni aro sarkash nihole ko‘rmaduk,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: