Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
328 Egma qoshin ko‘rguzub aylar manga man’i junun, Yangi oy birla kerak sog‘ etsa bu devonani. Ko‘zuma ul vajhdin dermen yuzung afsonasin, Kim, sevarlar uyqusizlar doyimo afsonani. O‘zgalar husnidin o‘rtanmanki, gardun har kecha Yorutur ming sham’u kuydurmas biri parvonani. Chiqti jonim bodayi la’lin ko‘rub, ey mug‘bacha, Vah, to‘la aylab netarsen qasdima paymonani. Bilmadikim, avval aylar nafy ranjidin xalos, Nafy qilg‘an shayx mug‘ ko‘yidagi mayxonani. Ashk yo‘lin tut, Navoiy, xoki poyi birlakim, G‘ussa bar berur qayonkim, sochsam ushbu donani. 602 Har tikan bu g‘unchadek ko‘nglumda paykon bog‘ladi, Ey jigar pargolasi, sensiz ichim qon bog‘ladi. Sendin ayrilmoq ko‘ngulga mumkin ermas to abad, Chun sening birla azaldin ahdu paymon bog‘ladi. Lablaringning shavqidin har qatra qonkim, to‘kti ko‘z, Sovug‘ ohimdin ham ul dam la’lu marjon bog‘ladi. Dedi aqlu fahm ani ko‘rgach, shikebe ko‘zlali, Vahki, tun bog‘in yana ul sho‘x chaspon bog‘ladi. Qondin o‘ldi dard bog‘ining guli har paxtakim, Dog‘ima sabr ilgi marham birla har yon bog‘ladi. Sovurub tifli xazon tufrog‘ ila teng qilmag‘an Qaysi bir guldasta bu bog‘ ichra dehqon bog‘ladi? Ishtiyoqingdin Navoiy o‘ldiyu yetmas sanga, Go‘yiyo bu nav’ oyog‘in bandi hijron bog‘ladi. 603 Ey ko‘ngul, kelkim, ikov bo‘lub nigore ko‘zlali, Sarv qadde istabon siyminuzore ko‘zlali. Yorlig‘ ko‘z tutqanimiz ko‘zladi chun o‘zga yor, Bizda ham ko‘z bor, borib bir yerda yore ko‘zlali. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 329 Chun g‘ubori markabidin ravshan aylar el ko‘zin, Termurub turg‘uncha borib, shahsuvore ko‘zlali. Sayri bog‘u dasht etarbiz ham yana bir yor uchun, Bog‘ sari ko‘z solali, dashtsore ko‘zlali. Gar aningdek sho‘xi shahroshubi ofat topmasaq, Bir faqire mehribone g‘amgusore ko‘zlali. Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun Xosu om ichra qila olg‘uncha bore ko‘zlali. Ey Navoiy, bo‘lmag‘ung andin bular birla xalos, Kelki, ham vaslin tilab sabru qarore ko‘zlali. 604 G‘unchadek qon bog‘lanibdur ko‘nglum, ey gul xirmani, Borg‘oli ko‘z jo‘yboridin jamoling gulshani. Ko‘z qorasidin yozay dermen bitig, hayhotkim, Kuydurur g‘ayratki, men mahrumu ul ko‘rgay seni. Aql qochti ko‘nglum ichra sokin o‘lg‘ach dardi ishq, Mo‘r manzilgohi ermas ajdaholar maskani. Ko‘nglum uyida g‘ami toriqmasun har zaxmidin, Marhamin tashlangki, har yondin ochilsun ravzani. Arg‘uvoniy ashk aro savsan masallig lolmen, To to‘ningdur arg‘uvoniy, ko‘nglakingdur savsaniy. Har gul ushbu bog‘ aro ko‘rsang tikan osibidin, G‘arqayi xunob o‘lub yuz chok erur pirohani. Ashk qonida Navoiydur so‘ngak jismi bila Ul muborizkim, qizil jins ichra bo‘lg‘ay javshani. 605 G‘ariblig‘ yana ko‘nglumni dardnok etti, Shikastalig‘ yana ko‘ksumni chok-chok etti. Bu barcha bir sariyu yor holatimni bilib, Tag‘oful etmagi men xastani halok etti. Damingni asra, Masihoki, chiqmag‘ay gardim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling