Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 Dedimki: sud qilay jon berib visoli uchun, Navoiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud. 117 Qoshing mehrobini vasl ahli etmish qiblayi maqsud, Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin manga ne sud. Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yo‘q, Uy ichra o‘t solib, vah, mushkil ermish asramog‘lig‘ dud. Yada toshig‘a qon yetgach yog‘in yog‘qondek, ey soqiy, Yog‘ar yomg‘urdek ashkim chun bo‘lur la’ling sharobolud. Chu qo‘ydung dog‘ tindurdung ko‘ngulni darding istardin, Diram birla gadoni uylakim, qilg‘ay kishi xushnud. Junun bu bo‘lsakim yog‘di pariyvash tifllar toshi, Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilg‘ali masdud. To‘kuldi gul, fig‘on bas qildi bulbul, shukrkim, bore Sening husnung, mening ishqimda nuqson bo‘lmadi mavjud. Tunu anjum dema davrong‘a rohat qilmasun deb mayl Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud. Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen, Manga ko‘rsatmasang yo‘l, naylayin qay saridur behbud. Navoiy, Ka’ba zikrin qo‘yki, biz dayri fano istab Zahabno vodiyal-maqsad, vajadno mo huval-maqsud. 118 Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod, Bulbul kebi hajringda ishim nolavu faryod, Sayd o‘ldi ko‘ngul ko‘zlaringa, vah, qutulurmu Bir qushki, aning qasdida bo‘lg‘ay iki sayyod. Ul maktab arokim o‘qudung noz rumuzin, Go‘iyoki, vafo ilmin unutmish edi ustod. Ashkimni ko‘rub tez bo‘lur ko‘ngli jafog‘a Ore, itimas chunki suyi bo‘lmasa fo‘lod. Mingdin bir emas o‘z yuragi zaxmlaridin, Har nechaki tog‘ bag‘rini zaxm ayladi Farhod. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 78 O‘lugni kishi dafn eta olmas vale har kun Yuz tiyg‘ qilur dafn ko‘zung bo‘lg‘ali jallod. Gul yafrog‘i tirnog‘lar erur bu chaman ichra, Bulbul paru bolini yulub bergali barbod. Ne ayb, Navoiy kebi devonalig‘ etsa, Har odamiykim, bo‘lsa aning yori pariyzod. 119 Aylamas har nav’ bo‘lsam ul buti ra’no pisand, Bo‘lmag‘an ko‘p yaxshiroq olamda mendek nopisand. Umr o‘tub bir xidmatim ul oy pisandi tushmadi, Vah ne umr erkin, ne qilsam aylagay oyo pisand. Yor agar mushkilpisand o‘lmish ko‘rung mushkilki, bor Menda yuz mushkil ish, ul qilmas birin ammo pisand. Ishqida qildim jahondin qat’u jondin ham, ne sud, Chunki ul jonu jahonim aylamas qat’o pisand. Ey ko‘ngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanno mazrain, Bu ekinni chunki hargiz qilmadi dono pisand. Davlati faqr istagil, nechunki bor, ul ko‘y aro Sidq ila kirgach, agar a’lovu gar adno pisand. Chun fano sholini kiydim atlasing yig‘, ey sipehr Kim, bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand. Soqiyo, ber o‘tki, kul qilg‘ay vujudum xirmanin, Aylaman hayvon suyinkim, aylagay ihyo, pisand. Bu ne aqlu zuhd bo‘lg‘ay, zohidokim qilmag‘ay, Men kebi olamda bir devonayi rasvo pisand. Kech bu bog‘u gullaridin ham Navoiykim, emas Ahli tahqiq oldida dunyovu mofiho pisand. 120 Topqali hokiy tanimg‘a novaki ishqing kushod, Ko‘nglum aytur xayri maqdam, jonim aytur xayrbod. Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun’, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling