Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 Ko‘p etma va’da Navoiyg‘a vaslu qilma tamasxur Ki, bu mahol ish erkanni ul ham emdi bilibdur. 147 Ko‘zi ul yuz o‘tidin xalq ichini dog‘ etadur, Yoxud iki qoshining yolarini chog‘ etadur. Ishq ko‘nglumni shiyor aylabu ko‘zdin sug‘arib, Magar ul gul yuzining hasratidin bog‘ etadur. La’lidin mast o‘lubon bordi xumorim marazi, Turfa maydur buki, ham usruku ham sog‘ etadur. Suvang ul oy evining tomini balchig‘ yasabon Paykarimning evini, hajrki tufrog‘ etadur. Hajri ashkim tengizu jismim etib ko‘hi balo, Olami ishq aro bahr bila tog‘ etadur. G‘am tuni mehrsiz o‘ldiki, sipehr anjumidin Mehr ruxsorini resh etkali tirnog‘ etadur. Bu balog‘a ne davodurki, Navoiyni ul oy Nechak ko‘rsa, muni ishq anga amrog‘ etadur. 148 Kunduz ul xurshidi raxshondin ko‘zumga yosh erur, Kecha holim zulfi savdosi bila chirmash erur. Olmag‘an din naqdi birla yiqmag‘an mehrob yo‘q, Ey musulmonlar, ne kofir ko‘z, mufattin qosh erur. Chok ko‘ksumdin ichimga solib ul oy ko‘nglidek Asraramkim, ham ul oy boshimg‘a otqan tosh erur. Rahm emas berahmliqdur surmasang boshimg‘a raxsh Kim, bu ko‘p qatla aning pomoli bo‘lg‘an bosh erur. Ishq sirrin necha ko‘nglum ichra pinhon asrasam Ham, ko‘ngul o‘ti zabona chekkach, elga fosh erur. Qaysi gul bazminki sug‘a, yo‘qsa yelga bermadi, Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Benavolar ollida umri abaddin yaxshiroq Kim, Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur. 149 Telbarab itkan ko‘ngul yodimg‘a kirsa gohlar, Yig‘lab el ko‘ngli buzulg‘udek chekarmen ohlar. O‘tti xo‘blar oy kebi, yo‘qtur aroda ul quyosh, Vahki, ul badmehrni ko‘rman o‘tadur mohlar. Xo‘blar zulfu zanaxdonig‘a bording, ey ko‘ngul, Hozir o‘l, tundur qorong‘u, yo‘lda bordur chohlar. Gar musavvir sizsa devor uzra ul gul xirmanin, Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar. Ey ko‘ngul, Farhod ila Vomiq dog‘i Majnun qani?! Bo‘lmag‘il g‘ofilki, bir-bir bordilar hamrohlar. To‘kti qon gulgun libosin kiygach ul xo‘blar shahi, Qon to‘kar ermish, qizil to‘n kiysa beshak shohlar. Ey bahori husn, eshitsang Navoiy ohini Kerak, albatta, xazon yelin sog‘insang gohlar. 150 Yuz tuman mehnat o‘qi anduhlug‘ jonimdadur, To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur. Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg‘asen Notavon jonimg‘a har zahmatki, jononimdadur. Dard menda sendin ortuq bo‘lsa, jono, ne ajab Kim, sening jismingdadur zahmat, mening jonimdadur. So‘rdum, og‘zi ta’mi talx ermish, ajab yo‘q o‘lmagim Menki, bu yanglig‘ achig‘ ta’m obi hayvonimdadur. Ey Masiho, subhi ayshim tiyra bo‘lmish go‘yiyo, Zarrai betoblig‘ xurshidi tobonimdadur. Dahr bog‘i ichra barbod o‘lmag‘an gul chiqmadi, Yo‘q ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur. Ey Navoiy, so‘rmading dersen malul o‘lg‘anda yor, Sog‘inursen go‘yiyokim baxt farmonimdadur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling