Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 Xatting andoq sabzakim, bo‘lg‘ay anga hamdam bahor. Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong, Sabzag‘a boisdurur, chun bo‘ldi ersa nam bahor. Shodlig‘din gulshani vaslingda yig‘lab cheksam oh, Yopma, yuzkim, gulga bo‘lmas yel yog‘indin g‘am bahor. Orazim aksi yuzung oyina tushkan turfadur, Kim ko‘ruptur ham xazon bir oyda bo‘lmoq, ham bahor. Voykim, bir gul xazong‘a soldi ayshim gulbunin, Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor. Ra’du sayl ermas, fig‘onu ashk erur bukim, har el Gul yuzung ko‘rgach tutar o‘z holig‘a motam bahor. Qasdi bulbul ko‘ngli qaydi bo‘lmasa, nevchun solur Bog‘ sho‘xi sunbuli zulfig‘a pechu xam bahor. Gul emas, bu bog‘ torojig‘a iynak la’ldin Ayladi oviza mehri davrig‘a xotam bahor. Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud ko‘rguzur Bog‘i xulqidin ulusqa dovari a’zam bahor. 156 Vahki, ko‘nglum g‘ussasi har lahza qasdi jon qilur, Hajrim anduhi buzug‘ sabrim uyin vayron qilur. Ko‘p madaddur hajr anduhida sovug‘ ohlar, Kim singursa men kebi o‘ziga qasdi jon qilur. Necha yilliq mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe Kim, hadisin yor ila ag‘yordin pinhon qilur. Jonni istarmen chiqarsam, uyidin ko‘zlarni ham Ko‘nglum ul damkim, xayolin lahzae mehmon qilur. Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas Ul Masiho o‘lmagim anglab o‘zin nodon qilur. Faqr yo‘linda irik pashminadin or etmakim, Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur. Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim, Bu suubatlarni bexudlug‘ manga oson qilur. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 98 Rostlarg‘a charx agar har lahza qilmas sarzanish, Sham’ bas har tun nedin yig‘lab kuyub afg‘on qilur. Daf’ etar dardin Navoiyning o‘shul maykim mudom Xusravi xusravnishon soqiylari ehson qilur. 157 Tararda uqdalig‘ zulfin musalsal ayladi chinlar, Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarog‘ «sin»lar. Girihlar zulfida go‘yo hisob aylaptur ul kofir Olurda zuhdu taqvo ahlidin toroj etib dinlar. Osib nevchun fig‘ona soldi zulfidin ko‘ngullarni, Qaroru sabr naqdin olg‘ali gar aylamas qinlar. Ne yuzdur, Olloh-Olloh, boda tobidinki, har soat, Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar. Kelur ul sarvkim gullar mulavvan qildi gulshanni, Kirarda shah nechukkim mulk eli bog‘larlar oyinlar. Desam husn ahlini ko‘rmangki, zolimdurlaru qotil, Ko‘ngul aytur ko‘ray, shoyadki mundoq ermas erkinlar. Erur mahzun ko‘ngullar zulmati zulfida zor andoq Ki, shomi hajrida ishq ahlidin har sari g‘amginlar. Ne yellanmaqdur, ey shah, mo‘r xaylidek cherigdinkim, Sulaymondek bu vodiy ichra barbod o‘ldi chandinlar. Navoiy, bo‘lmayin zoru zaif o‘lmas navo topmoq, Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar. 158 Ollim ul oy sajdasidin resh erur holim budur, Toati maqbulum uldur, dag‘i iqbolim budur. O‘qlaridin qushdek o‘ldum jong‘a ul ko‘y orzu Uchmoq istarmen, vale ko‘rkim, paru bolim budur. Bas, g‘aniymen ko‘hi g‘am birla junun toshi aro, Iynak-iynak taxti johim ulduru molim budur. Yor shavqidin o‘lar holatdadurmen, ey tabib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling