Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Ne ilojing bor mening xud za’fi ahvolim budur. 
Cho‘mg‘ali qo‘ymas quruq naydek so‘ngaklar ashk aro,
Turfa ko‘rkim, bahri bepoyon aro solim budur. 
Topmayin dunyoda kome, dinni barbod ayladim,
Hayf do‘zax ham manga, billah, gar a’molim budur. 
Ey Navoiy, gar o‘larda jon talashsam qilma ayb,
Dermen ul oyni ko‘rub, jon bersam ihmolim budur 
159 
Tirguzur har dam raqiblarniyu meni o‘lturur,
O‘t yoqib el jonig‘a mening ichimni kuydurur. 
Ko‘nglum ahvolin sabodin so‘rdum ersa dedikim:
Telbalardek bir pariy ko‘yida sargardon yurur
Ul quyosh yuziga boqqan soyi ortar ko‘z yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nekim, o‘ldur, qurur. 
Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la’l og‘zini,
O‘ynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yashurur. 
Senki yo‘qsen mohruxlar jilva aylarlar valek, 
Kecha ishnar qurt nuri mehr chiqqach bilgurur. 
Ul quyosh hijronida har tun iki munglug‘ ko‘zum,
Tongg‘a tegru subhidam yo‘lig‘a boqib telmurur. 
Tuzluk aylab sham’dek, vah, bilmadimkim, bu nihol
Mehnat o‘ti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur. 
Bul’ajablig‘lar bahori ishq aro ko‘rkim, meni
Gah bulutdek yig‘latur, gohe choqindek kuldurur, 
Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mug‘anniy yona yo‘ldin ozg‘urur. 
160 
Yana sensizin munisim g‘am bo‘luptur,
Ko‘zumga yurak qoni hamdam bo‘luptur. 
Qorarib ko‘zum dam-badam zor yig‘lar,
Anga shomi hajringda motam bo‘luptur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Yaramdin chekarga o‘qin sa’y qilmang 
Ki, paykon so‘ngak ichra muhkam bo‘luptur. 
Ichimdin nechuk tortqaylar o‘qinkim, 
Ko‘ngul qo‘ymasu jon madad ham bo‘luptur. 
Ko‘ngulga yoqar kirpikingning xayoli,
Mening zaxmima nish marham bo‘luptur. 
G‘uborin tilab yig‘lama har dam, ey ko‘z
Ki, ashkingdin-o‘q yer yuzi nam bo‘luptur! 
Bu gulshan aro barg to‘tiylarig‘a
Xazon tifli bas boisi ram bo‘luptur. 
Vafo shaxsining farqini charx tiyg‘i
Iki bo‘ldi, vahkim, biri kam bo‘luptur. 
Emas g‘am yukidinki, qoshingni ko‘rgach,
Navoiy sujud etkali ham bo‘luptur. 
161 
Ko‘zung ne balo qora bo‘luptur
Kim, jong‘a qora balo bo‘luptur. 
Majmu’i davoni dard qildi
Dardingki, manga davo bo‘luptur. 
Ishq ichra aning fidosi yuz jon, 
Har jonki, sanga fido bo‘luptur. 
Begona bo‘luptur oshnodin,
Begonag‘a oshno bo‘luptur. 
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sari anga havo bo‘luptur. 
Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy,
Rahravg‘a baqo fano bo‘luptur. 
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo‘luptur. 
162 
Ko‘k g‘azoli chunki kofur uzra mushkafshon bo‘lur,
Kavkabafshon ko‘zlarimdin ul quyosh pinhon bo‘lur. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling