Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 Tez etar tiyg‘ing Navoiy ishqini, Garchi o‘t o‘char, agar su sochilur. 190 Qaysi bir ko‘kning yuzingdek mehri olam tobi bor?! Qaysi gulshanning shamolingdek guli serobi bor?! Zulfidin, ey zaxmliq ko‘nglum, qutulg‘ung yo‘qturur Kim, sening har halqayi zulfungda bir qullobi bor. Zulfu yuzidin dam urmang, tun bila kun chashmasi Kim, bu sunbul birla gulning o‘zga obu tobi bor. Ne uchun har dam sarig‘raqtur yuzumning oltuni, Bovujudikim yuzida ashkdin siymobi bor. Sajda gar aylar malak, ne tongkim ul oy qasrining Kungire shaklidin atrofida ko‘p mehrobi bor. Davlati zohirki, mahbub aylading, tark aylakim, Qaydinga zulfini «dol»u «lom»idin asbobi bor. Yuzu la’lingdin Navoiy bexud o‘lsa so‘rmag‘il, Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkarxobi bor. 191 Ulki yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor, Nechakim bordur niyozim, nozu istig‘nosi bor. Dam-badam ko‘nglum berib jon naqdi istar vaslini, Olloh-Olloh, telba ko‘nglumning ajab savdosi bor. Ko‘nglakim qonlig‘ tuganlar o‘rnidin gul-gul erur, Ul katondekkim, yuzida har taraf tamg‘osi bor. To o‘qung yomg‘ur kebi keldi, ko‘zum bo‘lmish sadaf, Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor. Jon berib, darding olib ko‘ksumda asrarmen, ne ayb, Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor. Bo‘lma emin charx davridin muraqqa’po‘sh deb Kim, quyoshdin bu muraqqa’ ichra o‘tlug‘ tosi bor. Itlaring bo‘lmish Navoiy ko‘ngli uchun mehmon, Bu kecha ul ko‘y aro ko‘rkim, ajab g‘avg‘osi bor. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 116 192 Yana g‘arib gule jonima jafo qiladur, Yana ajab tikane ko‘nglum ichra sanchiladur. Yana bir o‘zgacha ishq ikki ilgi zo‘ridin Bag‘ir bila yuragim bir-biridin ayriladur Qaladi, vahki, o‘tundek so‘ngaklarimni sipehr, Bu yangi o‘tqaki tan kulbasida yoqiladur. Firoq kojlari birla, vahki, ne o‘tlar Bulutdek ashkfishon ko‘zlarimga choqiladur. Sirishk ayladi xokiy tanimni andog‘kim, Qadam qo‘yay desa uyqu ko‘zumga, toyiladur. Qochar bu telba ko‘ngul, yana voqif o‘l, ey aql Ki, tolpinur ko‘pu ko‘ksum shikofi ochiladur. G‘arib qissa erur ishqkim tuganmadi hech, Agarchi bo‘lg‘ali olam binosi aytiladur. Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish, Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur. 193 Maydin ayru gul emas go‘yyo erur gulgun harir Kim, kesib gul hay’ati birla sepipturlar abir. Bazm emas bog‘ ichra maysizkim, hunarvar ilgidin Bo‘ldi rangin mum har qolab bila hay’atpazir. To qizitmaydur qulog‘ni may guli yakson erur Bulbul og‘zidin safiru bog‘ eshigidin sarir. Soqiyo, jonimg‘a yettim tavbadin, joning uchun Bo‘l manga bir lab-balab paymona birla dastgir. Bodaekim, yetgach og‘zimg‘a, chiqarg‘ay nash’asi Taqvoyu islomu aqlu zuhd jonidin nafir. To bo‘lub rasvo yana bir jom uchun mug‘ ko‘yida Har zamon o‘zumni kofirlarg‘a qilg‘aymen asir. Ey Navoiy, ma’siyat uzrida o‘lsang yaxshiroq, Zuhd ujbidin mukaddar bo‘lg‘ucha lavhi zamir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling