Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 Terga botqan garmravlardin magar daf’ aylamish, O‘zlugi chirkin taharrukdin irik moshoblar. Do‘stlar, miskin Navoiy tiyra shomin yod eting, Yor ila jomi hiloliy cheksangiz mahtoblar. 174 Telba ko‘nglum, vahki, har soat birov sari borur, Man’ qildim ersa, bag‘rim og‘rig‘udek yalbarur. Qo‘ydum ersa, kelturur munglug‘ boshimg‘a yuz balo, Qo‘ymasam jong‘a zarar yetgudek o‘zidin borur. Qo‘ymasam bu, qo‘ysam ul, vah, bo‘lsa yuz jonim fido Ul kishigakim, hazin jonimni andin qutqarur. Aql vasvosini qo‘ysam avlo ulkim, men dag‘i Boshim olib ketkamen har sarikim, ul boshqarur. Soqiyo, bir nav’men labtashna yo‘qkim og‘zima, Har yaram og‘zig‘a quysang bir qadahni sipqarur. Ikki yuzluk bo‘lmakim, bu bog‘ning ra’no guli Gar qizarur bir yuzi, lekin yana bir sarg‘arur. Kulda pinhon o‘t kebi topmas Navoiy ko‘nglini, Har nechakim ishq kul qilg‘an vujudin axtarur. 175 Ul oyki, jafo nardini xo‘blardin utuptur, Yo rab, ne balo, mehru vafoni unutuptur. Og‘zi bila pista o‘chashur puchlug‘idin, Bilmanki o‘shul og‘zi ochuq qayda butuptur. Har dam qiziq ohim tafidin muztar o‘lurmen, O‘tlug‘ nafas, ey voyki, og‘zim qurutuptur. Yillar labi la’ling g‘amidin joni hazinim Hasrat suyini xuni jigar birla yutuptur. Aksini ko‘ngul ko‘zgusida ko‘rdumu o‘ldum Kim, g‘ayrin aning eviga nevchun yovutuptur. Hijron kuni ishq ahlini o‘rtarga magar charx Otashkadasida shafaq o‘tin yorutuptur. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Bulbul kebi xushgo‘y Navoiyni qilib xor, Ul gulni ko‘rung jonibi badgo‘y tutuptur. 176 Barcha xo‘blarning qadu ruxsoru xattu xoli bor, Lek ulkim bizni behol aylar o‘zga holi bor. Yuzum oltundekdurur bu vajhdinkim, holiyo Siymbarlar ul kishiningdurkim aning moli bor. Kirgali ko‘nglum aro bir-bir o‘qung bo‘lmish tanim Ul qalamdekkim, aning ichida tuz-tuz noli bor. Sunbulung tushsa oyog‘ing ostida ne aybkim, Gul bila xurshidning ostida lomu doli bor. Ul sababdin, zohido, mashg‘ul emasmen zuhd ila Kim, ko‘ngulning mutribu may birla ko‘p ashg‘oli bor. Odam o‘lmishmenki, ishq ahli manga avlod erur, Yo‘qsa yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor. Gavhari maqsud chun vobastayi tavfiq erur, Desa bo‘lmaskim, munung sa’yi, aning ehmoli bor. Ey Navoiy, topmasang kome labi jonbaxshidin, Sening uchun bo‘lsun aning g‘amzayi qattoli bor. 177 Chorayi kor istabon bechoralig‘ ko‘nglum tilar, Xonumon tarkin qilib, avvoralig‘ ko‘nglum tilar. Istaram olingda qilsam sajdavu o‘psam labing, But parastish aylabon, mayxoralig‘ ko‘nglum tilar. Bag‘rimu ko‘ksum bila ko‘nglumni qilding yoralig‘, Jonni ham bu hol birla yoralig‘ ko‘nglum tilar. Oshiq ishi chun savod-ul-vajhi f-id-dorayn erur, Bu malomat ko‘yida yuz qoralig‘ ko‘nglum tilar. Qasdima har yondin ul ko‘y itlarin qo‘y, ey raqib Kim, salomat pardasin yuz poralig‘ ko‘nglum tilar. Tan g‘uborin jon yuzidin raf’ qil, ey dardkim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling