Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kashtiysin olur. 
170 
Jon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur. 
Noz o‘qi birla ko‘zum mardumin etding majruh,
Ashki gulgun dema zaxmidin aning qon tomadur. 
Vah, yaram ichra ne qondur buki devona ko‘ngul
Topsa taskin turadur, aylasa afg‘on tomadur. 
Go‘yiyo fitna sahobidin erur sayli balo,
Raxshidin qatraki, javlon aro har yon tomadur. 
Tomchidek ashkim emas, ko‘nglum o‘ti daf’i uchun
Gah badan kulbasini qilg‘ali vayron tomadur. 
Vahki, gul sham’in o‘churmaklik uchundur gar xud
Qatra o‘rnig‘a bulutdin durri g‘alton tomadur. 
La’li vasfida Navoiy so‘zidin obi hayot
Qilsa paydo, oqadur, aylasa pinhon, tomadur. 
171 
Xolu xating xayolidin, ey sarvi gul’uzor,
Gohe ko‘zumga xol tushuptur, gahe g‘ubor. 
Yuzungda xol safhada tomg‘an kebi qora,
Xoling malohati tuz erurkim, qorada bor. 
Jonimni o‘rtagan yuzu xolingni bilmasang,
O‘t shu’lasida ayla gumon bir o‘chuk sharor. 
Bilman ko‘ngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor. 
Har dam ko‘ngul haloku ko‘zum tiyra bo‘lmag‘in
Bilgay birovki, yori erur sho‘xu xoldor. 
Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor. 
Miskin Navoiy xoli labing ko‘rsa jon berur,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Boqsang ne bo‘ldi suvrati holig‘a, ey nigor. 
172 
Chiqti ov azmig‘a javlon aylab ul chobuksuvor, 
Jon nisor ul sayd uchunkim, jon anga qilg‘ay nisor 
Bu edi qasdimki bir kun saydi fitrok aylagay,
Qilg‘anim umre kiyiklar birla suhbat ixtiyor. 
Chun kiyik qatlini istar, koshki ruhum uchub,
Bir qatil etgan kiyik jismi aro tutqay qaror. 
Toki yetkursam rikobig‘a boshimni, koshki
Qilsa shaxsimni qazo it shakli birla oshkor. 
Qomati hajrida har yon yoradin qonlig‘ ko‘ngul
Bir kiyikdekdurki, o‘q zaxmi bila bo‘lmish figor. 
Go‘r uchun ochmoq nedur har lahza bahromiy kamand,
Chun seni Bahromdek aylar ajal go‘ri shikor. 
Ey Navoiy, ul quyoshning soyasida ko‘r itin,
Komronu yo‘q sanga ollida itcha e’tibor. 
173 
Bargi gul yuzinda la’ling rashkidin xunoblar,
G‘uncha ko‘ngli ichra og‘zing hasratidin toblar. 
Safhaedur orazim debocha ishq avroqig‘a 
Qon yoshimning xatlari shingarf birla boblar. 
Ashkim artilg‘an uchun xam bo‘lmamish kirpiklarim
Kim, yasabdur ko‘z xayolin chekkali kulloblar. 
Hajridin ko‘zlargakim ashk evrulur, ul ashk emas
Kim, erur dardu balo daryosig‘a girdoblar. 
Aybim etmang bosh ko‘tarmaydur debon xumxonadin, 
Qilmayinmu sajda topsam bu sifat mehroblar?! 
Hajr aro ikki ko‘zum ichra belingning naqshidur,
O‘tkarur tunni xayol aylab kecha bexoblar. 
Ro‘zgorin qildi mazlum ohining dudi qora,
Ko‘rma zolim xilvatining ko‘rkasin sinjoblar. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling