Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZYe HARFINING ZYeBOLARINING ZIYNATI «G‘AROYIB»DIN 199
www.ziyouz.com kutubxonasi
119 Solik ersang tashla ma’lumungniyu osuda bor. Yuzin istarsen, Navoiy, qochma zulfi fikridin Kim, sen istar ayshning ummidi bu qayg‘uda bor. 198 Yuzungda zarvaraq har yonki lutfi benihoyatdur, Jamoling mushafida har biri go‘yo bir oyatdur. Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon Tajalliy mash’alidin yorug‘an sham’i hidoyatdur. Yuzungda nil xoli ravza ichra nilufar shibhi, Binafsha gulshan ichra yuzda nilingdin kinoyatdur. Ko‘ngul saydig‘a ochma sunbulung domin yuz ochqilkim, Gul o‘q ochilsa qayd etmakka bulbulni kifoyatdur. El ichra ko‘pturur afsona Laylo husnidin, lekin Sening husnungg‘a tashbih etmak ani ne hikoyatdur. Ko‘ngul qonin ko‘p ul xunxora ko‘z ichti, emas go‘yyo Yuzung gulgunadin gulgunkim, ul qondin siroyatdur. Dema tush vaqti ul yuz kundin ortuqtur, muni ko‘rgil Kim, ul yondin nihoyat bo‘lsa, bu yondin bidoyatdur. Erur bedod, borinda tarahhum, do‘stdin yuz hayf Angakim, shukr borinda ishi doim shikoyatdur. Navoiyg‘a ko‘ngul berdingki, jonin olg‘asen bir kun, Erur o‘z naf’i, shahdin gar raiyatqa rioyatdur. ZYe HARFINING ZYeBOLARINING ZIYNATI «G‘AROYIB»DIN 199 Jahoni buqalamun ichra tushmish elga gudoz, Magarki tosig‘a o‘t yoqti charxi shu’badaboz. Bu turfaroqki, munungdek tamug‘ aro tushmish, Samuru qoqum uchun olam ahlig‘a taku toz. Ne ko‘kka chiqmoq erur dolboyu o‘tag‘a bila Ki, bolu par bu esa, mumkin ermas ul parvoz. Ne garmlig‘ni qo‘yar, ne fusurdalig‘ni bashar Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 120 Nechaki kuyub erir o‘tu muz kebi qishu yoz. Falak arusida yo‘q mehru dilrabolig‘ ko‘p Nechukki husnu jamol ahlig‘a vafo bila noz. Egilib o‘psa yer ahli g‘urur hurmat uchun, Shabih erur anga mutlaqki mast qilsa namoz. Xush ul jaridaki, bir nav’ qilsa sayru suluk Ki, soya hamqadam o‘lsa anga, kamar hamroz. Navo agar tilasang, tut qiroqki, igri bami Ne ko‘p taponcha yeru ne biyik chekar ovoz. Navoiy, yor ila bo‘lkim, budur haram vasli, Maqoming o‘lsa Ajam yo Iroq yoki Hijoz. 200 Rafiqlar, meni mahzun nechuk bo‘lay g‘amsiz Ki, ko‘nglum ermas alamsiz, ko‘zum emas namsiz. Sinuq ko‘ngulda chu yo‘q shodlig‘, sog‘inurmen Ki, yo‘qturur bori olamda bir ko‘ngul g‘amsiz. Demangki, hajrda may hamdam o‘lsa g‘am kam o‘lur Ki, samdurur, dam emas, boda yoru hamdamsiz. Xush ulki, yor firoqiyu yo ko‘ngul g‘amidin Tamom umrida bir lahza erdi motamsiz. Ko‘ngul g‘amini deb ahbob, rahm qildi habib, Mening jarohatim erdiki, qoldi marhamsiz. Ko‘zumdin etmagil, ey sarv, hech jonib mayl Ki, yaxshiroq ko‘runur sarvkim, bo‘lur xamsiz. Navoiyni vara’u zuhd qaydi o‘zlugidin Xalos qilmadi, ey ishqu may, magar ham siz. 201 Tirguzur har xastani bir noz ila ul dilnavoz, Chun yetar men xastag‘a navbat, qilur yuz nav’ noz. Zohido, har dam demakim mazhabingda bor qusur, Qaysi masjidda qilib erdim sening birla namoz?! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling