Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
Ko‘ngul to vodiyi ishqig‘a tushti, qilmadi bir ham
Vatanni yod ul ovorayi bexonumon hargiz. 
Labidinkim, ko‘zum yoshi jahonni la’lgun qildi,
Bag‘ir juzvidin ayru topmadi bir qatra qon hargiz, 
Iti faryodini yoqmang mangakim, xo‘yidin umre,
Ulug‘roq tinmadim, ne nav’ chekkaymen fig‘on hargiz. 
Yorib ko‘ksum junun ta’vizidek jon pardasin ochma
Ki, fosh o‘lmaydur ul qonlig‘ necha dog‘i nihon hargiz. 
G‘amu anduh ya’jujig‘a har devor saddedur,
Fano mayxonasidek topmaduq dor-ul-amon hargiz. 
Bu damni tut g‘animatkim, kelur damdin asar yo‘qtur,
Ne damkim, o‘tti, xud andin kishi topmas nishon hargiz. 
Qiron qilding, Navoiy, nazm arokim iltifot etmas,
So‘zungdin o‘zga so‘zga xusravi sohibqiron hargiz. 
210 
Har necha ko‘nglumni chok etsang qilur ishqing sitez
Ul sifatkim, o‘tni yorg‘an soyi bo‘lur shu’la tez. 
Sabr ila ishqim xusumat boshlab o‘rtarlar meni,
O‘t bo‘lur zoyanda, tosh etsa temur birla sitez. 
G‘am tuni rihlat sahobi jolasidur yo erur
Motamimg‘a charx anjum javharidin ashkrez. 
Vasl aro ashkim qilur tug‘yon o‘shul yuz tobidin,
Yoz faslida quyosh tez o‘lsa bo‘lur saylxez. 
Sarvu g‘unchang jilvasi kuydurdi elni, ohkim,
Dahr aro tubiyu kavsar birla solding rustxez. 
Ko‘z uyidin ul pariy ram qildi, mardum ashkidin
Bo‘ldi chun hamxona tardoman erur avlo gurez. 
Chun Navoiy vasl topti, emdi birdur, ey tabib,
Sharbatin gar zahr yoxud obi hayvon birla ez. 
211 
Mehnat o‘tidin yoruqtur har taraf koshonamiz,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Bo‘ldi go‘yo ajdaho komi bizing vayronamiz. 
Toyiri vasl uchti ashkim donasidin vahm etib,
Qushqa, vahkim, ram berur toli’ yo‘qidin donamiz. 
Ul charog‘i husn vayron kulbani yorutqali
Mehr sham’in yorutuptur har kuyuk parvonamiz. 
Bo‘ldi oshiq aql ila hazl aylabon vola ko‘ngul,
O‘tqa tushti o‘ynay-o‘ynay kul bila devonamiz. 
El tilidin uyqu o‘chmishtur ko‘zumdin go‘yiyo
Kim, erur baxt uyqusining boisi afsonamiz. 
O‘lturay bir may bila deb, tirguzursen, soqiyo,
Obi hayvon birla go‘yokim to‘lar paymonamiz. 
Murshidekim, qilsa irshodi fano, billah anga
Bu vujudi orazidin o‘zga yo‘q shukronamiz. 
Ko‘yida ko‘nglum ko‘ngullar ichra ko‘rdum, turfa ko‘r,
Turfaroqkim, oshnolig‘ bermadi begonamiz. 
212 
Bo‘lmasa ul but qoshi mehrobim ichra jilvasoz,
Kiblag‘a, kofirmen, ar bosh indurub qilsam namoz. 
Qon yoshimdin la’lgun kirpik bila aytur ko‘zum
Orazing nazzorasin aylarda yuz til birla roz. 
Qaddi vaslin istasam ra’nolig‘ aylar noz ila,
Husn bo‘stonida ul sarkash qad ermish sarvinoz. 
Odamiylig‘din qochib yettim junun o‘tin sochib,
Ey salomat ahli, aylang telba itdin ehtiroz. 
Chehra och ko‘nglumni desang kuyduray, hijronni qo‘y,
O‘t ne hojat, mum topsa mehr tobidin gudoz. 
Rishtayi ashkin tutub tufrog‘ sori tortar fano,
Ul sababdin egma qad zohir qilur ahli niyoz. 
Ey Navoiy, g‘ayr naqshin pok yub jon lavhidin,
Yor uchun jon o‘ynasang, ul lahza borsen pokboz. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling