Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
213
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 127 Jilvamu qildi sarig‘ bo‘rkin kiyib ul sarvinoz, Yoki chekti shu’la axzar jism ila sham’tiroz. Kuysa majnun ko‘nglum ul yuz lam’asidin tong emas Ne uchunkim aylamas devona o‘tdin extiroz. Ulki ermas ishqi poku sajda aylar ko‘rsa husn, Uyladurkim, aylagay fosiq tahoratsiz namoz. Rozi ishqing derga paykoning erur ko‘nglumga til, Lol til birla qilur ermish takallum ahli roz. Sekritib chiqti yana maydon sari ul turk mast, To yana qaysi ko‘ngul mulkiga qilg‘ay turktoz. Ishq agar komildurur, oshiq qilur ma’shuqni, Yo‘qsa nevchun ayladi Mahmudqa qulluq Ayoz. Har maqom ichraki bo‘lsang ayru bo‘lma yordin, Ey Navoiy, hojat ermas qilmoq ohangi Hijoz. 214 Tufrog‘imdin koshki jisme murattab qilsangiz, Bir it o‘lsa ko‘yida ruhig‘a qolab qilsangiz. Yetmagay chobuksuvorim gardig‘a, ey ahli ishq, Mehrni rokib qilib, gardunni markab qilsangiz. Bodano‘shum bazmi g‘avg‘osidin, ey jonu ko‘ngul, Sam’ig‘a yetmas necha faryodu yo rab, qilsangiz. Olami ishq uzra bas loyiqdurur, ey dardu shavq, Dudi ohimni sipehr, ashkimni kavkab qilsangiz. Markabi na’lin mujallo qilg‘uchilar zeb uchun, Orazimg‘a surtung ul damkim, muzahhab qilsangiz. G‘ayri no‘shono‘sh azal soqiysidin kelmas xitob, Bizni bas may jurmidin bo‘lmas muxotab qilsangiz. To Navoiy, qismat o‘lg‘an mayni ichmas chora yo‘q, Do‘stlar, avlo bukim, jomin labolab qilsangiz. 215 Yuzung firoqida har oh o‘tinki chektim tez, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 128 Ul o‘t sharoralari bo‘ldi har taraf gulrez. Qazo musavviri go‘yo hal etti la’liy rang Labing aqiqini aylar mahalda rangomez. Labing malohati g‘avg‘o ko‘pardi olamdin, Shakarni buyla kishi qayda ko‘rdi sho‘rangez. Itingki sher zabundur anga, topa olman, Desam ko‘ray ani boshimdin o‘zga dastovez. Chu keldi xastalig‘im so‘rg‘ali qadahno‘shum, Ketur piyolaki, o‘lsam ham aylaman parhez. Desang zamona sitezini har zamon ko‘rmay, Zamonni xush tutu qilma zamona birla sitez. Guli sabox yuzin ko‘rmagaysen, ey bulbul, Bu gulshan ichra Navoiydek o‘lmasang shabxez. 216 Yordin ayrilg‘ali shaydo ko‘ngul bexob ko‘z, Har zamon zohir qilur savdo ko‘ngul, xunob ko‘z. Ko‘zu ko‘nglum bahru barsayr ettilar yor istabon, Bu safarda toptilar yag‘mo ko‘ngul, g‘arqob ko‘z. Ko‘zu ko‘nglumdin biri kuyub, birisin buzdi sayl, Yo‘qsa nevchun bo‘ldi nopaydo ko‘ngul, noyob ko‘z. Deb emish hajrimda mendek ko‘zu ko‘nglin asrasun, Voykim, yo‘qtur manga xoro ko‘ngul, qassob ko‘z. Vah, ne kun bo‘lg‘ayki, yetkay vaslig‘a ko‘zu ko‘ngul, Tortibon faryodu vovaylo ko‘ngul, yig‘lab ko‘z. Ko‘rmayin deb ko‘rdi ko‘z, ko‘rgach ko‘ngul qildi havo, Bo‘ldi zor etkan meni rasvo ko‘ngul, qallob ko‘z. Do‘st ko‘zla, xasmdin uzgil ko‘ngulkim, tushsa ish, Bermasu olmas emish a’do ko‘ngul, ahbob ko‘z. Ey Navoiy, go‘yiyokim yor mehmon bo‘lg‘usi Kim, murattab aylamish ma’vo ko‘ngul, abvob ko‘z. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling