Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Ayni nozu shevadin kofir ko‘zung, ey mug‘bacha,
Tarfat-ul-ayne emaskim, qasdi islom aylamas. 
Jism aro paykonlaring su qildi ko‘nglum oh ila,
Bodai shavqin ajabkim, ichkali jom aylamas. 
Voizo, aylab tama’ qon yutmag‘ilkim, piri dayr
Bodadin o‘zga suvol ahlig‘a in’om aylamas. 
Dema ishq o‘ynab Navoiy oqibat ne bo‘lg‘usi
Kim, bu ish og‘oz qilg‘an fikri anjom aylamas. 
225 
Kiyik charmi zaif egnimga majnunlug‘ nishoni bas,
Junun toshi sinuq boshim uza qush oshyoni bas 
Damingni asra, ey Isoki, ranjim daf’ig‘a har kun
G‘izo ul oy qilichi zaxmining bir qatra qoni bas. 
Senu hayvon suyi, ey Xizr, tutqil tarki jonimkim,
Manga yor ollida o‘lmak hayoti jovidoniy bas. 
Shahu izzat saririkim, agar budur jahon johi, 
Manga idbor ko‘yida mazallat xokdoni bas. 
G‘aniyu ko‘nglida pinhon diram fikriyu ishq o‘ti
Mening ko‘nglumda kuydurgan necha dog‘i nihoniy bas 
Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra
Mug‘anniy nag‘masi birla manga jomi mug‘oniy bas. 
Havodis daf’ig‘a shah ko‘k hisori uzra gar chiqsun
Ki, faqr ahli uchun dayri fano dor-ul-amoni bas 
Fig‘onkim, lutfu qahrig‘a tafovut yo‘qni ham anglab,
Fano ahlig‘a javrin qilmadi bu dayri foniy bas. 
Navoiydek o‘lar holimda demang huru jannatdin,
Sezing barchaki, bu ovorag‘a bir ko‘rmak ani bas. 
226 
Nafis kiyguluk o‘lsa yalang tanimg‘a havas,
Hasir naqshi hasiriy libos o‘rnig‘a bas. 
Sirishk yo‘lini xas birla tuttilar, yoxud
Ko‘zumni yo‘lig‘a surtarda muncha to‘lmish xas. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Bir o‘t dimog‘ima hajr urdikim, nafas andin
Chiqar samum o‘lub, ar xud bo‘lay Masihnafas. 
Azim aningdek erur ishq mahmilikim, anga
Qazo falakni ikki bo‘lsa bo‘lg‘ay ikki jaras. 
Tanimg‘a choklar ochti, ne ayb agar o‘lsam
Ki, ruh bulbulining loyihi emas bu qafas. 
Ko‘ngulki, kofiri ishq o‘ldi or erur zunnor,
Nedinki mug‘bacha zulfin beliga qildi maras. 
Fano havas qilu faqr et havo Navoiydek,
Vale havovu havas, qilmag‘il havovu havas. 
227 
Dame ermaski, la’lingdin ko‘ngul yuz laxt qon ermas,
Dag‘i har laxt qon yoshim bila ko‘zdin ravon ermas. 
Yuzung mehri ichinda ko‘z solib og‘zingni ko‘rmasmen,
Agarchi zarra xurshid ollida ko‘zdin nihon ermas. 
Ushalg‘an har so‘ngak jismimda go‘yo ka’bataynedur,
Nihoniy dag‘i zoid nuqtasidurkim ayon ermas. 
Erur dardimg‘a taskin bu kecha lekin to‘shuk ko‘ksum,
Ajab gar novaki ko‘nglumga kirgandin nishon ermas. 
Meni o‘lturgali g‘amzang o‘qi umredurur, lekin
Tirig la’ling xayoli birlamen, jismimda jon ermas. 
Lahad kunjin vatan aylab tiniptur umridin Majnun,
Ne bo‘lsa, men kebi ovorayi bexonumon ermas. 
Bu davr ichra qachon jomi farog‘e yetgay, ey soqiy,
Chu bir dam dardu mehnat zahri chekmakdin amon ermas, 
Agarchi qon yutar bulbul, vale ne g‘am anga chunkim
Navola g‘unchadin ayruyu guldin o‘zga xon ermas. 
Navoiy o‘ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti,
Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon ermas.
228 
Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling