Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Dog‘ini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas. 
Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra’no emas. 
Gulni o‘xshatqan uchun yorimg‘a go‘yo bog‘ aro,
Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas. 
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas. 
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas. 
Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas. 
Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay: sarvi gulro‘yum kebi zebo emas. 
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas 
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas. 
229 
Demakim, no‘shi labidin quti jon qildim havas,
Obi hayvondin hayoti jovidon qildim havas. 
La’li no‘shidin gar o‘lsam ham emastur aybkim,
Hazm eta olmas g‘izo men notavon qildim havas. 
Tosh yebon atfol komi birla jon bersam ne tong
Kim, pariy vaslig‘a jonni komron qildim havas 
Ostoning istadim bosh qo‘ysam ermas aybkim,
Saltanat taxtin meni bexonumon qildim havas. 
Har fatila zaxm arokim, erdi chektim jon aro,
Ko‘ngluma qo‘ymoq necha dog‘i nihon qildim havas. 
Zuhd ila yo‘l topmadim maqsadg‘a may tut, piri dayr 
Kim, o‘zumni emdi rasvoyi jahon qildim havas. 
Ey Navoiy, tog‘u vodiy tutmog‘im ayb etmakim,
Yashurun dardim demak tortib fig‘on qildim havas. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
230 
Bas nedur ko‘z gar xayoling xaylig‘a manzil emas,
Har qora bir o‘t yeri davrinda kirpik xoru xas. 
Jannat ahlig‘a erur har lahza ko‘yung orzu,
Do‘zax ahli uylakim jannatni qilg‘aylar havas. 
Novaking paykonini to chektilar nolon ko‘ngul,
Aylamas afg‘on ko‘ngulsizlikdin andoqkim jaras. 
Dema men majnung‘a, ey nosihki, bas qil ohni
Kim, manga ish ul pariy ishqida bo‘lmish ohu bas. 
Za’fdin bexud ko‘rub, og‘zimga ul yuz ko‘zgusin
Qo‘ysang ul dam urmag‘aymen, billah ar o‘lsam, nafas 
Dayr piri xidmatig‘a chekmayinmu belni chust,
Kim, necha zunnordin tongmish belimga bir maras. 
Soqiyo, davron agar budur, Navoiy har zamon,
Jomig‘a behush doru qotmog‘ aylar multamas. 
231 
Oh o‘qin jon ichra asrab, ko‘nglum izhor aylamas,
Yo‘qsa bir dam bormukim, yuz jonni afgor aylamas. 
Vah, ne yuzdur ulki taqlidin qilib naqqoshi Chin 
Cheksa yuz suvrat, birin yuzdin namudor aylamas. 
Ishqdin chun munkir o‘lmish ko‘nglum o‘lturmak ne sud,
Hajrdin to ani qo‘rqutmassen iqror aylamas. 
Qo‘ydung, ey aql, ochqali yuz pora ko‘nglum zulfini,
Har biri bir rishtasin qandinki zunnor aylamas. 
Jon fido qilg‘umdurur, la’ling qabul etsun desam
Derki: Ruhullah bu nav’ ishlarga begor aylamas. 
Ne osig‘ har zarrag‘a ohim quyoshdek solsa o‘t,
Ul quyosh ko‘ngliga chunkim zarrae kor aylamas. 
Soqiyo, davr ichra ul yuz aksi ko‘rguzgan qadah,
Fitna aylarkim, sipehru mehri sayyor aylamas. 
Foniy o‘l, gar istar ersang mehrkim qilmas nasib
Kimni bir davlatqakim tengri sazovor aylamas. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling