Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
131 Pok lafz ayturg‘a og‘zing pok qilkim, hayfdur Yaxshi so‘z borinda surgay nuktayi mazmum og‘iz. Ey Navoiy, maxlas istar bo‘lsang el til, og‘zidin Nazmdin ham tilni tiyg‘il, nasrdin ham yum og‘iz. 221 Ul pariy ko‘yida men devonani band aylangiz, Band-bandim zulfi zanjirig‘a payvand aylangiz. Xalq tarki ishqi aylarga meni dilxastani, O‘lturub olam eliga mujibi pand aylangiz. Telba ko‘nglum topsangiz, ey yor ko‘yi itlari, To‘sh-to‘shidin tishlabon parkand-parkand aylangiz Bodayi ishq asru mast etmish meni, ey do‘stlar, Jomima afyun ezib bir dam xiradmand aylangiz. Yig‘lasam achchig‘ malul o‘lmoq nedur, ey xo‘blar, Hazl uchun gohe boqib, siz ham shakarxand aylangiz. Ishq bahrida duri vasl istamang, ey ahli dard, Ko‘nglunguz ul naqdi yodi birla xursand aylangiz. Qilsangiz tasviri Laylo husnin ul oydek sizing, Lek Majnunni Navoiy birla monand aylangiz. 222 G‘am yuki qilmaydurur yolg‘uz meni mahzunni ko‘j. Ham bu yuk qilmish edi Farhod ila Majnunni ko‘j. Qildi chun Farhod ila Majnun qadin xam, ne ajab Yuz alarcha za’f ila gar qilsa bu mahzunni ko‘j. Yuk agar budur ne Farhodu ne Majnunu ne men, Rost, gar dersen bu yuk aylab turur gardunni ko‘j. Vah, ne yukdur buki gardun qomatin ko‘j ayladi, Uylakim gardunning ostida ko‘rarsen «nun»ni ko‘j. Yuzi mahtobida mushkin qoshi nevchun ko‘j erur, O‘g‘riliq gar qilmadi ul hinduyi mavzunni ko‘j. Egrilikka shuhra bo‘lmoq istamassen, aylama Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 132 Ahli isyon xizmatida qaddi benuqsonni ko‘j. Gar Navoiy ko‘j erur shah xizmatida ne ajab, Chunki qilmish qullug‘i Jamshidu Afridunni ko‘j. SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI «G‘AROYIB»DIN 223 Dahr sudidin tama’ uzkim, ziyone besh emas, Umrni tutqil g‘animatkim, zamone besh emas. Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak, Ulki bu uy ichra besh kun mehmone besh emas. Qo‘y tavonolig‘ so‘zin, yod et ajal xorinki, bil Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas. Kir fano dayridakim, har shayxu yuz savdo anga, Ulki otin xonaqah qo‘ymish, do‘kone besh emas. Eyki, bo‘lmish xil’ating zarbaft bori bilkim, ul Ma’no ahlin kuldururga za’farone besh emas. Mehr toju charx taxting bo‘lsa g‘ofil bo‘lmakim, Mehr bemehru falak nomehribone besh emas. Shahg‘a ish el fikrini qilmoqdur ulkim, zeb kim? Bir surug qo‘ydur ruoyo, ul sho‘bone besh emas. Gar Navoiy istadi avvoralig‘, ey ahli hush, G‘am yemang devonayi behonumone besh emas. Avji davlat uzra bo‘lsun doimo Bilqisi ahd Kim, Zuhal qasrida har tun posbone besh emas. 224 Ne ajab gar nuql tuxmi g‘am qushin rom aylamas, Mast chun bir dam ovuch qoqmoqdin orom aylamas. Tun quyoshqa yovuy olmasdekdur ulkim, may sari Tiyralik shaxsi azimat bir-iki gom aylamas. Fikru g‘am qochmoqqa maydin istasang ravshan dalil, Shayx yo zohid nedurkim boda oshom aylamas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling