Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
Istasang dayri fano tavfin belingdin, ey faqih,
Qayd zunnorin uzub, zunnor qaydin dag‘i yesh. 
Ta’n qilmangkim, Navoiy bekasu beyor emish
Kim, anga olamda oshiqliq ish o‘lmish, ishq esh. 
249 
Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Uylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh. 
Qut bir bodomu yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘zu qosh. 
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh. 
Bo‘sae qilmas muruvvat asru qattiqdur labing
Desam, og‘zi ichra aytur la’l ham bor nav’i tosh. 
Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin
Kim, qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh. 
Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston Xizridur,
Sarvkim, da’b ayladi ozodalig‘ birla maosh. 
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qayg‘usidur barcha bosh. 
250 
Sarig‘ gul demakim, chun sarvinozim bog‘ aro bormish,
Yuzin ko‘rgach qizil gul za’f etib, ul nav’ sarg‘armish. 
Ko‘ngul atrofida ochqan uchun hijron o‘qi yo‘llar,
Balo xaylini ishqing shahnasi ul sari boshqarmish. 
G‘aming minnat qo‘yub jonoldi, vah, jonimg‘a yuzminnat
Ki, xud bori tiriglik minnatidin jonni qutqarmish. 
Kaloming gavharidek topmamish, garchi sabo ilgi
Yoqasin g‘unchaning yirtib nechakim qo‘ynin axtarmish. 
Ko‘ngulni chok-chok etkach, yetishti o‘qi har yondin,
O‘tun qo‘ymoqqa go‘yokim bu o‘tning tush-tushin yormish. 
Nechakim qad chekar, sarkashlik aylar anbarin zulfi,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
Agarchi kun biyik chiqqanda doim soya qisqarmish. 
Ilig bo‘g‘zig‘a eltib, shisha to‘kmish qon yoshin mendek,
Magar soqiy ayog‘in o‘pkali ul dag‘i yolbormish. 
Yugurma rizq uchun ne yetsa haqdin anglakim, komil
Ne kelturgil demish, ne g‘aybdin kelganni qaytarmish. 
Firoqu zuhd daf’ig‘a Navoiy ishq sahbosin 
Magar to‘qquz tutub, to‘qquz falak jomini sipqarmish. 
251 
Porsovash dilsitonim bo‘lg‘an ermish bodano‘sh,
To boshim bo‘lg‘ay ayog‘ing bo‘lg‘usi, ey mayfurush. 
Ichganin ko‘rgan zamon-o‘q mast bo‘lg‘ungdur, demang
Kim, eshitgan lahza mendin zoyil o‘lmish aqlu xush. 
Bazmi vaslidin yiroq og‘zimda xumdek muhr erur,
Tong emas qonimg‘a maydek shavq o‘tidin tushsa jo‘sh. 
Jonu ko‘nglum qon yutub afg‘on chekarlar hajridin,
Ishrat ahli may ichib bazmida qilg‘ondek xurush. 
Chok ko‘nglak birla to usruk chiqibsen, ohkim,
Kisvatin mayxona rahni aylamish yuz xirqapo‘sh. 
Subhidam ul but sabuhi bazmin ettim orzu,
Chiqmag‘il dayfi fanodin deb nido qildi surush. 
Ey Navoiy, qoru ermas bo‘lsa yuz ming jon fido,
Gar qadahno‘shum iki la’li mayidin tutsa qo‘sh. 
252 
Seni ko‘rgach der edim, bir mehribonim bor emish,
Olloh-Olloh, ne balo botil gumonim bor emish. 
Orazing mohiyyatu og‘zing so‘zin sharh aylaram,
Vah, ne tab’i poku zehni xurdadonim bor emish. 
Chok qil ko‘ksumni, ey badmehr, tokim bilgasen,
Tiyg‘i hajringdin ne nav’ ozurda jonim bor emish. 
Ne hayot erdi, o‘lar holimdakim, ko‘rgach meni,
Noz ila dedi hanuz ul notavonim bor emish. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling