Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish. 
Xasta ko‘nglini Navoiyning olib asraki, bor
Sanga dildorlig‘ ish, bizga dilafgorlig‘ ish. 
261 
Yorkim yog‘lig‘ bila ko‘ksum yarasin bog‘lamish, 
Anda o‘t tushmush ko‘nguldin qon tarashshuh qilmamish
Buki pora-poradur kuygan bag‘ir birla ko‘ngul,
Itlari ollida ul kofir hamono to‘g‘ramish. 
Rishtayi zulfungdakim, tushmish girihlar behisob,
Go‘yiyo qatl aylagan elning hisobin asramish. 
Bir kishi savdoyiy o‘lmay qolmag‘ay bu nav’kim,
Olam ichra sunbuli zulfung nasimi butramish. 
Boshima tig‘ urdi, ko‘ksum choku bag‘rim qildi zaxm,
Masti bebokim dedim qahr etmish, ul xud o‘ynamish. 
Har sari bir zaxmliq uzvum uzulg‘an topmish el
Notavon jismimnikim, ko‘yida itlar sudramish. 
Olam ahli ichra bildeg mug‘tanam har kimsakim,
Har vafog‘a ming jafo aylar kishiga uchramish. 
Qo‘zg‘ama bulbulnn ko‘p, ey gulki, davron bog‘ida
Qolmamish qo‘zg‘almayin ulkim, birovni qo‘zg‘amish. 
Iztirobidin Navoiy ko‘ngli bir dam to‘qtamas,
Sensizin, sog‘inmakim, g‘urbatda ko‘ngli to‘qtamish. 
262 
Ko‘ngluma kelmas xazoniy bog‘ aro noranj xush
Kim, xazoni hajr aro bo‘ldi yuzum noranjvash. 
Chehra noranjiyu men noranj yanglig‘ talxkom,
Qayda kelgay kimsaga bul hol aro noranj xash. 
Sho‘xi noranjiylibose hajri ko‘nglum o‘rtadi,
Sharbati noranj eta olmas manga daf’i atash. 
Bo‘lmasa oltun piyola, bo‘lmasun, kel, ey rafiq,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
Jom etib noranj nisfidin bo‘lali jur’akash. 
Ul pariy ishqida otim bo‘ldi majnunluqqa fosh,
Andin ortuq kim burun mundin manga erdi adash. 
Shayx dastorin chu may vajhi yo‘q erdi sirmadim,
Mayg‘a marhun qilg‘ali ul yaxshi, may suzmakka fash. 
Ey Navoiy, naylay el tarxon bila barlosini
Kim, berur ko‘nglumga holo molish ul sho‘xi malash. 
263 
Sendin ayru tanda ko‘nglum yo‘qturu ko‘nglumda hush,
Bedilu behushlardek ne ajab qilsam xurush. 
Bodayi vaslim olur hushungni deb qo‘rqutmakim,
Vahm bu so‘zdin birov qilg‘ayki, bo‘lg‘ay anga hush. 
Hajrdin maxlas tilab no‘sh aylaram zahr ul sifat
Kim, yetishsa zahrdin achchig‘durur og‘zimda no‘sh. 
Ishqda g‘ayrat tilimni lol etibdur, ey rafiq,
Hajr zulmidin, emasturmen so‘zum yo‘qtin xamush. 
Barcha jismim hajr o‘tidin reshu marhamliq momuq
Ittisolidin meni uryonni derlar xirqapo‘sh. 
Hajrdin jon yetti og‘zimg‘a olib jon naqdini,
Quyki, ko‘p og‘zini og‘zimga qo‘yay, ey mayfurush. 
Ey Navoiy, har ne olam ichra bo‘lg‘ay sahl tut,
Lek matlubung tamannosida bo‘lg‘il saxtko‘sh. 
264 
Surma bilanmu ul oy ko‘zni qora aylamish,
Yo‘qsa Xo‘tan jayrani mushk ichida ag‘namish. 
Ko‘yida men za’fdin uylaki, har yon meni
It demayin, balki mo‘r tu’ma uchun sudramish. 
G‘amzang o‘qi kasrati ko‘nglum aromu ekin,
Yo‘qsa bu qush parlarin hajring o‘ti churkamish. 
Hullayi zarbaftdin qildimu ul oy sepech,
Yo‘qsa shuoiy xatin boshqa quyosh chirmamish. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling