Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
144 Navoiyg‘a demang ul tifl ishqin asrag‘il maxfiy, Bu damkim holi shahr atfoli ichra doston bo‘lmish. 245 Chiqti yorim kecha yo‘l azmin qilib ul bag‘ri tosh, Bas, ajoyibdur qorong‘u kecha chiqmog‘lig‘ quyosh. Gar quyoshqa el nazar qilsa ko‘ziga yosh to‘lar, Ul quyosh borg‘ach nazardin, ko‘zlarimga to‘ldi yosh. Zaxmidin ko‘p qon borurdin qoldi chok o‘lg‘an ko‘ngul Zangdek afg‘on chekib, xaylida bo‘lg‘ay erdi kosh. Furqatingdin yig‘labon haqdin visoling istaram, Gah socharmen boshqa tufrog‘, gah qo‘yarmen yerga bosh. Qatra qonlarkim tomar ko‘ksumga urg‘an toshdin, Zaxmdindur demakim, qon yig‘lar ahvolimg‘a tosh. Chun to‘sharlar oqibat ustungga xoro birla farsh, Ne osig‘ ostingda gar charx atlasidindur firosh. Fosh etar mehrin Navoiyning sarig‘ ruxsorasi, Subhdekkim sarg‘arib ruxsori aylar mehr fosh. 246 Qatiq dardim zuloli ashk etar fosh, Suzuk su ichra qolmas yashurun tosh. Halokim vasl aro mingdin bir etting Ki, bergay tengri bir yoshingg‘a ming yosh. Demakka fitna ta’limin bo‘lub xam, Qulog‘ing sari bosh eltiptur ul qosh. Magar sochingni tiyding fitnadinkim, Parishonhol ayog‘ingg‘a qo‘yar bosh. Yasar chog‘da labing rangini go‘yo Eziptur obi hayvon birla naqqosh. Qadah, ey mug‘ki, jon aylay nisoring, Necha bo‘lsam xarobot ichra qallosh. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 145 Navoiy joni sensiz dardisardur, Borurda ani ham olg‘ay eding kosh. 247 Chu bildi sham’kim, g‘am shomi ko‘nglumni halok etmish, Tanin ashk etmadi yo‘lkim, yoqa holimg‘a chok etmish. Chamanda yo‘qki bulbul, zog‘ ham un cheksa za’f aylar Hazin ko‘nglumni ko‘rkim, furqating ne dardnok etmish. Ko‘nguldin g‘ayr yodi chiqti yetkach tiyri boroning, Kudurat naqshidin yomg‘ur suyi bu uyni pok etmish. Quyun yanglig‘ guzar ko‘yiga qilmog‘ gar erur mumkin, G‘am ermas, vodiyi hijroni gar jismimni xok etmish. Su ichmay ko‘ngli zuhdumdin agar ketmish edi soqiy, Vuzu ibriqida maydur to‘la, keldeg ne pok etmish. Falak paykoni zulmi, vahki, teshmish xasta ko‘nglumni Nechukkim, tomchi bir yer uzra ko‘p tomib mag‘ok etmish. Qadah tutkim, qizartay chehra, ey soqiyki, hijroning Yuzumni asfar andog‘kim, xazoniy bargi tok etmish. Balodur nafs shirki faqr yo‘lida, xush ul foniy Ki, bir rahravg‘a jismi tufrog‘in gardi shirok etmish. Navoiyni dedingkim, bir jafo birla halok aylay, Vafo qil emdikim, bu orzu ani halok etmish. 248 Ko‘z ko‘tarman ul quyoshdin gar ko‘zum qilmoqqa resh. Pashshalar yanglig‘ havo uzra chekar har zarra nish. Telbalik bog‘i gulu nilufari erkin bukim, Ham ko‘kardi xalq toshidin tanim, ham bo‘ldi resh. Xushturur ko‘nglumda zulfu qaddidin na’lu alif Kim, bu qurbondek topilmas andoq o‘qu yog‘a kesh. Beli tori, hajridin jismim bo‘luptur tordek, Ey falak! Rahm et, bu ikki rishtani bir-birga esh. Turfa ko‘rkim, ko‘ngluma ishqing kirarga yo‘l bo‘lur, Nechakim, ishqimni tark etqil, debon ko‘ksumni tesh. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling