Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


ShIN HARFINING ShO‘XLARINING ShAMOYILI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

 
ShIN HARFINING ShO‘XLARINING ShAMOYILI «G‘AROYIB»DIN 
242 
Zihe kamol ila kavnayn naqshig‘a naqqosh, 
Mukavvanot vujudin vujudung aylab fosh. 
Vujudung ayladi mavjud ulusnikim, bo‘lmas
Vujud zarrag‘a mavjud bo‘lmag‘uncha quyosh. 
Sanga yetishmasa tong yo‘q bu aqli zulmoniy
Ki, mehr sham’ig‘a parvona bo‘lmadi xuffosh. 
Qayu pariyg‘aki qilding yuzin quyosh, berding
Ko‘ngul jununi uchun anbarin hilol ila qosh. 
Angaki, bo‘ldi junun ishq ichinda yog‘durdung 
Xirad qushini uchurmoqqa tifllardin tosh, 
Aningki, ko‘nglida ishq ahgarini yoshurdung,
Nihoniy o‘tin ulug‘ tinmog‘idin etting fosh. 
Muvasviseki, maoshini aql ila tuzdung,
Fano yo‘lida ayading berurga aqli maosh. 
Hakimi qudrating ollinda charx ila anjum,
Muhaqqar uylaki xashxoshu donayi xashxosh. 
Yo‘lungda o‘ldi Navoiyu bo‘ldi tufrog‘ ham,
Yopushsa erdi bu ko‘y itlari ayog‘ig‘a kosh. 
243 
Meni sargashta jismin dog‘ ila qon lolazor etmish,
Quyun yoxud to‘kulgan lolazor ichra gulzor etmish. 
Tanimdin qon chiqorg‘an har taraf paykonlaring go‘yo
Erur yomg‘urki, tufrog‘din chechaklar oshkor etmish. 
Ko‘ngul birla so‘ngak manqal aro o‘tu o‘tundekdur,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Malomat toshlarin to ishq tegramda hisor etmish. 
Yuzin may gul-gul etkandin xarosh ermas unum, balkim
Ko‘ngulda xorxori nolam andomin figor etmish. 
Labing jonimg‘a solg‘an shu’lalar ichra qazo go‘yo
Ulug‘roq la’ldin axgar, kichikrakdin sharor etmish. 
Bo‘la olsam ulusqa ul quyoshni ko‘rgali moni’, 
Ne g‘amdur gar yo‘lida charx jismimni g‘ubor etmish. 
Halokim bilgay ulkim, bordur ul yanglig‘ jafokore
Ki, tavrin husn beparvolig‘i oluftavor etmish. 
Kabutar qasr burjida emas shah shastidin emin,
Xusho, ul chug‘zkim vayrona kunjin ixtiyor etmish. 
Maof ermish qayon gom ursa rahrav noqayi jismi,
Nafas torin qazo chun burnig‘a aning mihor etmish. 
Mug‘anniy nag‘masi jon bersa bazm ahlig‘a tong yo‘qkim,
Navoiy rishtayi jonin eshib changiga tor etmish. 
244 
Ko‘ngulkim zarnishon paykonlaringdin notavon bo‘lmish,
Magar bu bog‘ aro ul barglar birla xazon bo‘lmish. 
Guli ra’no kebi kog‘az uza nomingni yozmay men
Sarig‘ erdi yuzi, xunobi ashkim birla qon bo‘lmish. 
Yuzumni ashkmu yo‘llar qiliptur yo nazar payki
Seni istarga ko‘p har yon yugurmakdin nishon bo‘lmish. 
Qurug‘ shoxedurur jismimki, ko‘z davrida kirpikdin
Xayoling qushlarig‘a anda ikki oshyon bo‘lmish. 
Ko‘zum xunob aro bo‘lmish biaynih uylakim ko‘nglum
Qorasi qon aro ko‘nglumdagi dog‘i nihon bo‘lmish. 
Sirishk ollida mujgon shoxi sanchib bog‘layin dermen,
Yo‘lin bu selningkim, elga andin ko‘p ziyon bo‘lmish. 
Yuzung hajrida bilkim, qon yoshim oqmish chaman ichra,
Qachon ko‘rsangki, har bir shox uza gul arg‘uvon bo‘lmish. 
Murassa’ qilma chatring lojuvardiy atlasin, ey shah,
Gado ollidakim, bu nav’ chatri osmon bo‘lmish. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling