Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
Olam aro bir kishi telbaramay qolmag‘ay,
Buylaki yetkach nasim zulfung aro butramish. 
Vodiyi hajr ichrakim bo‘ldi so‘ngak ahli ishq,
Budur o‘tunkim, ani g‘am sipahi o‘rtamish. 
Lam’ayi ruxsor ila o‘rtadi ushshoqini, 
G‘ayrati husni magar zorlarin tergamish. 
Tegmasa bazmingda may, basdurur ul su manga
Kim, sen ichar jomni suchi olib yoyqamish. 
Naylagamen bog‘lamay mug‘bacha zunnorini
Kim, bu kuhan dayr aro Iso ani bog‘lamish. 
Mehru vafo aybidin pokdur abnoyi dahr,
Pok nazardurkim ul sari nazar solmamish. 
Tutti Navoiy aziz ko‘yida ul toshnikim,
Goh ani boshig‘a, goh boshin anga yastamish. 
265 
La’li ishq ahlidin oncha g‘orati jon aylamish
Kim, o‘lukka jon berur oyinin oson aylamish. 
Ko‘yida atfol ushshoq o‘lturur bedod ila, 
Shah magar shahr ichra it qatlig‘a farmon aylamish. 
Subhi ayshim istamish g‘am shomig‘a bo‘lmoq badal,
Yo‘qsa nevchun yuz o‘za zulfin parishon aylamish. 
Yo rab, ul tunni yorutma mehr birla to abad
Kim, g‘aribe mehribon yorini mehmon aylamish. 
Ahli davron ko‘nglum oshubin netib man’ aylagay
Kim, ani oshufta bir oshubi davron aylamish. 
Gul kebi soch xurdakim, yel yirtibon toroj etar
G‘unchakim, o‘z naqdini og‘zida pinhon aylamish. 
Ey Navoiy, demakim bag‘rim eritmish ishq o‘ti
Kim, ani hijron kunining anduhi qon aylamish. 
266 
Ul gulekim, bazmida zog‘u zag‘an qilg‘ay xurush,
Avlo ulkim, bulbul uchqay, uchmasa bo‘lg‘ay xamush. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Gar Sulaymon majmaida bo‘lmag‘ay juz Ahraman,
Kimga ul majma’ aro, yo rab, nido qilg‘ay surush 
Yorg‘a ag‘yor xayli bo‘ldi matbu’, ey ko‘ngul,
Emdi g‘am xumxonasida ya’s jomin ayla no‘sh. 
Shoh bazmidur dag‘i mahkumlug‘, vah, dayr aro
Hokim aylar bir qadah birla gadoni mayfurush. 
Hushmand el sari bu dayr ichra boqmas mug‘bacha, 
Bir qadah lutf etsa piri dayr etarmen tarki hush, 
Saxtko‘sh elga dema oxir falakdur saxtgir,
Arzimas olamda hech ish xud bo‘lurg‘a saxtko‘sh. 
Ikki dunyodin agar kechsa Navoiy ayb emas,
Har qachonkim ul buti hammor elidin ichsa qo‘sh. 
267 
Qilg‘ali kiygan libosin ul buti zebo binafsh,
Vahki, yoqmas xotirimg‘a hech rang illo binafsh. 
Sarvi ra’no hullamu kiymish binafsha bargidin,
Yo libosin aylamish ul chobuki ra’no binafsh. 
Hushturur gar xil’atin qilsa qora yo savsaniy
Kim, quyosh mushkin bulutdin xush ko‘runur yo binafsh. 
Ezdi jannat gullaridin rang naqqoshi qazo,
Sen kiyardek chunki bo‘lmas dahr aro paydo binafsh. 
To binafsh etmish to‘nin ul gul borurmen hushdin,
Bog‘ aro har gulnikim ko‘rsam meni shaydo binafsh. 
Gul binafshazor aro tushgan kebi ul sho‘xning
Ko‘nglaki volo binafshu to‘ni ham kimxo binafsh. 
Sabzada savsan yarashqandek muloyimdur, base,
Sho‘xi sabzoranglarning rangiga debo binafsh. 
Juz binafsha bog‘ aro gul ekmagil, ey bog‘bon
Kim, libosi rangini istar bizing mirzo binafsh. 
Bo‘ylakim, soqiy to‘nin qilmish binafsh ermas ajab! 
Aksidin bo‘lsa bilurin sog‘ari sahbo binafsh. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling