Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
AYN HARFINING IYORLARINING ALOMATI «G‘AROYIB»DIN
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
AYN HARFINING IYORLARINING ALOMATI «G‘AROYIB»DIN
288 Istasangkim urg‘asen davrong‘a tiyg‘i inqito’, Ul vido’ etkuncha sen qilg‘il burunrog‘ alvido’. Jon berib shirinu muhlik joh uchun ilgingda tiyg‘, Naz’ vaqti sharbati marg istab aylaysen nizo’. Asrading katton kafan qilmoq uchun, ne sudkim Hashr bozorida beqiymatdurur mundoq mato’. Maskaning oxir chu tufrog‘dur, ne o‘tkarmakdurur Madfaning ayvonig‘a ko‘k gunbazidin irtifo’. Sandaloyin ev yasab, eldin ko‘rarsen sarzanish Kim, bu yanglig‘ ko‘rdi sandalniki, yetkurgay sudo’. Yer o‘parsen rizq uchun minnat yukidin xam bo‘lub, Tengri yoringkim, qilibsen xush namoze ixtiro’. Dur qulog‘ingda momuqdin bir chigitdur, el so‘zin Bu momuq birla chigitdin aylamassen istimo’. Besha sherin gar zabun qilsang shijoatdin emas, Nafs itin qilsang zabun olamda yo‘q sendek shujo’. Ey Navoiy, tengri asrorig‘a til mahram emas, Chok ko‘nglung ichra tutkim «jovaz-al-isnayni sho’». 289 Jismi vaslin qildim ul zulfi sumansodin tama’, Ul kishi yanglig‘ki, qilg‘ay siym savdodin tama’. La’lidin tirguzmak etsam orzu ayb etmangiz Kim, kishi o‘lturmak etmaydur Masihodin tama’. Zarrani xurshidcha ravshan tama’ qilg‘ancha bor, Zarracha mehr etmak ul xurshidsiymodin tama’. Ne ajab qilsam tama’ ovora ko‘nglumdin junun, Qilsa bo‘lmas aql xud Majnuni shaydodin tama’. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 168 Dog‘ etib ko‘nglum tavaqqu’ qildi sabrim naqdini, Ahli zulm andoqki qilg‘ay naqd tamg‘odin tama’. Gulxaniydin gulxan olotin tama’ qilmoqdurur, Har kishi dunyolik etsa ahli dunyodin tama’. Sarvi guldin ko‘p demang so‘zkim, Navoiy aylamish, Bargi guldin xil’at etgan sarvi ozodin tama’. 290 Ko‘zumni toki qilmish ul saodat axtari matla’, Qarog‘ ermaski, shabgun hulladin qildim anga burqa’. Labing hajrinda qon yoshim kelur bag‘rim shikofidin, Ajab ermas bu yanglig‘ sug‘a bo‘lsa o‘l sifat manba’. Qilurlar qasdi jonim kelturub bir-birga bosh, go‘yo Bukim paykonlaring ko‘nglum harimin qildilar majma’. Bu ne rokibduru markabki, javlon vaqti bordurlar Quyoshdin poyada a’lo, falakdin po‘yada asra’. Tushar ko‘nglumga ul yuz partavi ko‘ksum shikofidin, Bu ravzanni ne bo‘lg‘ay qilsang, ey tiyg‘i qazo, avsa’. Ne tong har kun agar bar bersa yuz ofatki, anjumdin Sochiptur yuz muxolif xosiyatlig‘ tuxm bu mazra’. Navoiy voqif o‘l gardun arusidinki, qasdingg‘a Ochar gah shomdin gesu, kiyar gah subhdin miqna’. 291 Uchuq ermaski chun bo‘ldi suhayli orazing toli’, Aqiqing rang olurda bo‘ldi xoling soyasi moni’. Guliston demakim, chehrang ocharda sun’ naqqoshi Qilurg‘a imtihon ul ranglarni ayladi zoyi’, Chu har yon tig‘ solding ul hasaddin yig‘ladim, lekin Netaykim, barq o‘tig‘a bo‘lmadi yomg‘ur suyi dofi’. Ko‘ngul qasdig‘a yolg‘uz tiyrboron qilmadi g‘amzang, Balovu fitna xayli kelgali ham ayladi shori’. Halokim qasdi voqi’ bo‘lmadi ul g‘amzadin, lekin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling