Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
299
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 173 O‘rtanurmen kechalar hajringda andoqkim charog‘, Ravshan ayla rishta jismimdur, ko‘ngul o‘t, ashk yog‘. Sarvu sunbul loladek qad, zulfu yuzung hajridin, Ham alif, ham na’l kestim kuydurub yuz yerda dog‘. Bir ko‘zumga sarv o‘qdur, bir ko‘zumga gul tikan, Sensizin, ey sarvi gulrux, nogah etsam gashti bog‘. Jonim ichra o‘tdurur bir la’li maygun hajridin, Soqiyo, navbat manga yetkach labolab tut ayog‘. Sog‘ bo‘l, devona etsang meni bir may birlakim, Hajrdin devonamen bo‘ldum esa bir lahza sog‘. Istaram og‘zin qilib la’lu xatu xolini vasf, Xalq g‘oyibdin nishonlar aytib etkandek so‘rog‘. Ul farog‘u bu taraddud itti maqsud o‘rtada, Gum bo‘lub maqsud, o‘tti ham taraddud, ham farog‘. Ro‘zgori tiyra, nutqi lol bulbuldur magar Kim, xazon faslida aylarlar tasavvur ani zog‘. Telba deb qilma Navoiyning ilojin, ey hakim Kim, mushavvashdur anga bir o‘zga savdodin dimog‘. 300 Garchi men hajringdin o‘ldum tortibon ko‘p zorlig‘ Sen hayotingdin top, ey badmehr, barxo‘rdorlig‘. Xasta erdim ko‘zidin yetkurdi la’lin og‘zima, Tengri jon berdi, vale chektim base bemorlig‘. Kechaekim tushka kirgay ul saodat axtari, Bermagil, yo rab, manga ul uyqudin bedorlig‘. Bodayi la’ling bila mundoqki usrukmen mudom, Kofiri ishq o‘lg‘amen, gar istasam hushyorlig‘. Bu ko‘ngul ozoridin bezormen bor muddate Bo‘lg‘ali bizlar aro ozorlig‘, bezorlig‘. Ne bino erkin bukim, bir pora koshi tushmadi, Qilg‘ali bu toqni sun’ ilgi miynokorlig‘. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 174 Ey Navoiy, suhbatingdin qilsa or ul ko‘rkaboy, Yo‘q ajab nevchunki sensen bir gado, ul borlig‘. 301 Necha, ey oromi jon, hajringda beoromlig‘, Do‘stlug‘ ko‘rguzki, haddin oshti dushmankomlig‘. Shukr sham’in yoqmadim vaslingda, yetti dog‘i hajr, Bizni bu o‘tlarg‘a kuydurgan erur ul xomlig‘. Ermas o‘tlug‘ ko‘nglum og‘zing naqshidur ko‘ksum aro, Qatrayi qon otashin gul g‘unchasi andomlig‘. Deb emishsen tark etib ishqu muhabbat shevasin, Ot chiqarmishsen saloh ichra, zihe badnomlig‘. La’lidin za’f etti qon bo‘lg‘an ko‘ngul, vah, bodadin Naf’ topmas ermish ulkim, qilsa xunoshomlig‘. Ko‘z yoshimdin nam topibdur, garchi me’mori qazo, Bog‘ladi ko‘k gunbadi toqini istehkomlig‘. Zulfida dardu balo istar Navoiy ishqidin, Ul gadodekkim, tilar ahli karamdin shomlig‘. 302 Lolagun bo‘lmish surarda qatlima dildor tiyg‘, Yo balo tog‘idin etmish lolazor izhor tiyg‘. Gul tani yuz chok o‘lub bukim bo‘yalmish qon aro, Tegdi g‘amzang xaylidin go‘yo anga bisyor tiyg‘. Tiyg‘ tortib yetkach-o‘q qildim fidosi jonnikim, Bo‘lmag‘ay ozurda qotil, ko‘rmagay ozor tiyg‘. Jism paykoning bila to‘ldiyu jondur g‘amdakim, Aylasang qatlimg‘a rag‘bat bo‘lmag‘ay nokor tiyg‘. Ishq dashti sabzasidin lola har yon sochilur, Ya’ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiyg‘. Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu, Yuzdin ol burqa’ni, qindin chekmagil zinhor tiyg‘. Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling