Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
177 Rashkdin ko‘p muztaribroqdur ko‘ngul ul go‘ydin Kim, kesib boshimni ul sho‘x ursa chavgon har taraf. Qo‘y basharni, gar maloyik domi ermas yaxshidur, Ul pariy mundoqki, zulf etmish parishon har taraf. Netib o‘lmaykim, yana ul sho‘x usruk otlanib, Ter sui markab yelidin soldi to‘fon har taraf. Ko‘r, ne hayratdur mangakim, bordurur bu dayr aro Donishi yuz menchalar, yuz mencha hayron har taraf. Shishadek ko‘nglumni paydo o‘rtadi soqiy valek Dog‘in etti may hubob ostida pinhon har taraf. Ey Navoiy, navhayi hijron tuzub un chekma ko‘p Kim, kishi qolmas tirig yetkach bu afg‘on har taraf. 307 Boda xushtur gar harifim bo‘lsa bir yori zarif, May harifi gar zarif ermas, anga erman harif. Ul sifat zoting latofat aynidin jonbaxshdur Kim, hamono ani mazhar qildi ism-ul-latif. Za’fdin gar dardi ishqingdin shikoyat ayladim, Ishq shar’i ichra ermas mu’tabar qavli zaif. Xoki poningni maloyik qildilar toji sharaf, Olloh-Olloh, kim ko‘ruptur bu sifat zoti sharif. Za’fim andoqdurki dam ursam erur biymi halok, Ne uchunkim ul taharrukdur anga behad anif. Davr ranjidin tilarmen mayg‘a tushmak uylakim, Mayg‘a tushgan qil kebi g‘arq o‘lsa bu jismi nahif. Ey Navoiy, qilg‘ali tab’ ahli jinsi she’r nazm, Nazming o‘ldi barchasig‘a qofiya, balkim radif. 308 Bazm aro gar yo‘q may bila daf, Ham yomon ermas un bila kaf. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 178 Soqiyi gulrux, boda ketur Kim, manga haddin oshti shaaf, Davr ila dayr aro may chekkali, Chekmak necha masjid aro saf. Bodag‘a bersam jon naqdi, Bo‘lmoq uchundur naqd talaf. Kel berikim, yo‘q sanga vubol Lekin erur ko‘p bizga sharaf. Shayxi riyoyiy foniy ermas, Ul taraf o‘lsun, yo bu taraf. O‘qung uchun xasta Navoiy, Ko‘zi qorasin qildi hadaf. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling