Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
191 Kimki oshiq bo‘lsa zoru xastahol o‘lmoq kerak, Rashkdin olam eliga badxayol o‘lmoq kerak. Vasl topmog‘lig‘ki ishq ahlig‘a amredur mahol, Kechavu kunduz ishi fikri muhol o‘lmoq kerak. Shavq aro gah mo‘yadin bo‘lmoq kerak, andoqki mo‘y Hajr aro gah noladin andoqki nol o‘lmoq kerak. Vasl mumkin yo‘q, vale hijronda har dam yuz balo Mundoq ofat mubtalosi mohu sol o‘lmoq kerak. Ishq ko‘yida zuloli vasl ichmaydur kishi, Dayr sari tolibi jomi zulol o‘lmoq kerak. Zulm ko‘rkim charx etib ikki sipahni kiynavar, Mo‘rlar xayli aroda poymol o‘lmoq kerak. Ey Navoiy, istasang maxlas kuduratdin sanga Xonaqahdin dayr sari intiqol o‘lmoq kerak. 334 Yor bo‘lmish o‘rtag‘a hijron tariqin solg‘udek, Aqlu hushu jonu ko‘nglum xayli ham qo‘zg‘alg‘udek, Yor borib aqlu hushu jonu ko‘nglum qo‘zg‘alib, Tan yotib, ko‘z bulajab holimg‘a boqib qolg‘udek. Boshni holokim, erur fursat, solayin ollig‘a, Tundlug‘din garchi ermas ani yerdin olg‘udek. Soqiyo, may tut, mug‘anniy navha ohangini chol Kim, sipohi umrum o‘lmish ko‘si rihlat cholg‘udek. Hajr aro, ey Xizri farruxpay qo‘lum tutkim, erur Po‘ya urmoqtin bu vodiy ichra bag‘rim tolg‘udek. Hulla gul bargidin etting pardayi jonimdin et, Bo‘lsa aning ostida nogah taning tavshalg‘udek. Ey ko‘ngul, naqdi hayoting qil fano yo‘lida sarf, Hayf erur gar bo‘lsa umri Nuh uchun sayfalg‘udek. Bir zamondur umr azmi dasht etib osuda bo‘l, Bo‘lsang abnoyi zamon bedodidin qiynalg‘udek Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 192 Ey Navoiy, zavraqi jisming ne tong bo‘lsa g‘ariq, Bahri ashk o‘lmish chu har dam ohdin chayqalg‘udek. 335 Ey, ko‘ngulda shahdi la’ling hasratidin yuz teshuk, Har teshukdur shahd zanburi uyi yanglig‘ chuchuk. Gar teri birla so‘ngakmen tu’ma ham qilmas iting Kim, teri asru qatiq bo‘lmish, so‘ngak asru churuk. Ne labingdin kom toptim, ne ko‘zungdnn javr o‘qi, Bu sifat mahrumluqtin ne tirigmen, ne o‘luk. Uyla zanjiri junun rasvosimenkim, har zamon Tegrama farhodu Majnundek yig‘ilmish bir suruk. Ishq o‘tidin qullug‘ung dog‘ini qo‘ydum ko‘ksuma, O‘zni bu nav’ ayladim ishq ahli ichra belguluk. Faqr vodiysinda o‘zluk necha kamrak yaxshiroq, Yo‘lni oson qat’ etar solik yengilrak bo‘lsa kj. Elga o‘t solding, vale kuydi Navoiy g‘ussadin, O‘xshamas o‘t birla kuydurganga bu yanglig‘ kuyuk. 336 Junun sahrosida boe yo‘q erkandur bu mahzundek Ki, bo‘lg‘ay vahshiy xaylin kutkali cho‘pone Majnundek, Ne tong gar olami kubro esam har qatra ashkim chun Tengizdekdur ichimda yuz tugan har qaysi gardundek. Shafaq ko‘k zarfin etkay la’liy, ammo la’li hajrinda Qizarta olmag‘ay olamni bu ashki shafaqgundek. Manga atfol otqan toshu sabrim kishvarin ko‘rkim, Meni devonag‘a ul tog‘dek bo‘lmish, bu Homundek. Soching savdosidin aytur parishon so‘zlarim bordur, Fusungar san’at aylarda yilong‘a qilg‘an afsundek. Firoqing poymoli qomatimkim, halqadek bo‘lmish, Nazar qilkim, biaynih bo‘ldi hijron ostida «nun»dek. Qo‘yub Farhodu Majnun qissasin, ko‘r daftari ishqim Ki, bir-ikki xatinda topilur ul ikki mazmundek. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling