Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
184
Chu men bir jom uchun dehqon asirimen, ajab ermas
Libosim tok bargi, rishta bel bog‘larga tok o‘lmoq. 
Jahondin silkinib chiqqan etak topib yopishmog‘liq
Muyassar bo‘lsa, ne ishdur talab yo‘linda xok o‘lmoq. 
Navoiy ko‘ksida ishq etmas o‘lsa dafn g‘am naqdin,
O‘yulub toza dog‘i har taraf nedur mag‘ok o‘lmoq. 
320 
Demangiz ahbobkim, qilmasmusen bas yig‘lamoq
Kim, manga tengri nasib etmish tuganmas yig‘lamoq. 
Asray olmon o‘zni, ashkim tutti dashtu tog‘ni,
Nechakim Farhodu Majnun dedilar, bas yig‘lamoq. 
Mastu oshiqmen dag‘i ko‘nglumda ayrilg‘an kishim,
Ey musulmonlar, ne tong men zori bekas yig‘lamoq. 
Tong emas jismim oqizg‘uncha ko‘zum gar to‘kti ashk,
Ne ajab abri bahoriy oqqucha xas yig‘lamoq. 
Tiyra hajring shomida gar jon talashman tongg‘acha,
Boshima sham’u surohiy nedurur bas yig‘lamoq. 
Dahr bog‘idin vafosizlig‘ agar fahm etmadi,
Nega shabnam ashkidin fan qildi nargis yig‘lamoq?! 
Ey Navoiy, toqini men dag‘i ashkimdin yiqay,
Chun manga qism etti bu charxi muqavvas yig‘lamoq. 
321 
Kimki, vasli ichra yoqsang sham’i ulfat, ey rafiq,
Ko‘z tut ul sham’ o‘tidin-o‘q dog‘i furqat, ey rafiq. 
Vasl sofi mumkin ermas chunki bedardu firoq,
Zinhor ul boda sari qilma rag‘bat, ey rafiq. 
Vasl yo‘qkim, ishq lafzin tilga mazkur etmagil,
Har nafas ko‘rmay desang yuz nav’ shiddat, ey rafiq. 
Kuyma har bemehr o‘tig‘a, gar desang har dam seni
Qilmag‘ay kul shu’layi anduhu g‘ayrat, ey rafiq. 
Sho‘x chobuklar g‘ubori tavsanig‘a solma ko‘z,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
Yuzda istar bo‘lmasang gardi mazallat, ey rafiq. 
Boqma guldek yuz uza xay shabnaminkim, buzmasun
Aql ila sabring binosin sayli ofat, ey rafiq. 
Gar solib yuz ming balog‘a mendek o‘zni bo‘lmasa
Ishqsiz bir dam sanga ham sabru toqat, ey rafiq. 
Toki mumkindur, kezib bir mehribon yor istagil,
Bag‘ri toshlarni sevarga qilma jur’at, ey rafiq. 
Gar Navoiydek boshingg‘a tushsa bir qotil g‘ami,
Anda dag‘i ko‘rgasen ne bo‘lsa qismat, ey rafiq. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling