Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «G‘AROYIB»DIN
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «G‘AROYIB»DIN
322 Ey, deb sifatingda ahli idrok, Lav loqa la-mo xalaqt-ul-aflok. Aflok nechukki xoki rohing Ul yo‘ldaki, ojiz o‘ldi idrok. Desam aflok erur tufayling Basdur guvahim hadisi «lav lok». Tubiy bila shoxi sidra keldi, Qadring chamanida ikki xoshok. Kim tutsa shafoating umidi, Bebokligidin anga ne bok. Chun shomi urush qaytting bot, Subh etti yoqani g‘ussadin chok. Vasfingda ne aytqay Navoiy, Juz ajz ila uzri mo arafnok. 323 Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak, Bizga yetkach o‘zga yon ohangi maydon aylamak. Zulfdin chavgon chekib el boshini go‘y etkali, Ko‘z yoshimni go‘ydek har sari g‘alton aylamak. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 186 Qon aro jismim bo‘yab, dersenki, ishqim tarkin et, Bu ekin olamda kofirni musulmon aylamak. Tan g‘uborinda yoshurdum dog‘i ishqinkim, emas Ayb muflisdin diram tufroqqa pinhon aylamak. Ko‘kta gar anjum emas ohim o‘qining yarasi Shomlar nedur shafaqdin ko‘nglakin qon aylamak. Charx sidq ahlin g‘amin istarki, bo‘lmish subh ishi Ashkdin kavkab sochib choki giribon aylamak. Gar Navoiy jismini ishq istamas toshdin figor, Bas nedur ani junun ko‘yida uryon aylamak. 324 Ishq aro vasling tilab hajringda bo‘ldum dardnok Xasta yanglig‘kim, hayot ummididin bo‘lg‘ay halok. Yo‘q ajab gar ul quyosh navqangg‘a boqmas, ey ko‘ngul, O‘tqa ne g‘am garchi kuygan nola aylar dardnok. Tekkanin yetkach ochar paykoni ko‘ksum chokining, Ul kalid o‘lmish, ajal darvozasi go‘yo bu chok. Aylar erduk pok ishq o‘tig‘a kuymak orzu, Shukr lillah oqibat kuydurdi ishqing bizni pok. Soldi may ul hur shavqin ko‘ngluma, ey bog‘bon, Berding o‘xshar parvarish kavsar ziloli birla tok. Ishq aro do‘zaxdin, ey nosih, meni qo‘rqutmakim, Hajr o‘tin ko‘rgan samandarg‘a sharardin qayda bok. To taning avji hayot ustidadur sen xok bo‘l, Istasangkim avj tutqaysen taning bo‘lg‘anda xok. Ey Navoiy, shomi g‘amdin ayru yo‘qtur subhi vasl, Oq erur, lekin qorartur har neni rang etsa zog. 325 Kelgusi ul sarvi siyminbar guli serobdek Kim, tanimda har zamon titrar ko‘ngul siymobdek. Vah, ne yanglig‘ axtari sa’d erdikim qilg‘ach tulu’ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling