Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
Tun kecha ko‘zum yorutti mehri olam tobdek. 
Quchqamen belin kamar zanjir ilan deb bo‘ldi xam
Notavon jismim mutallo aylagan qullobdek. 
Sajda ul chobuksuvor ollinda andin aylaram
Kim, oyog‘i uzra naqshe ko‘rmisham mehrobdek. 
Aql sarrofi labing ranginu nozuk so‘z bila
Topti gulgun rishta o‘tkargan aqiqi nobdek. 
Silk etak zarrishta birla gul to‘qulg‘an jinsdin
Kim, emas tori chu bo‘lg‘an vaslalig‘ moshobdek. 
Ko‘r Navoiy masnadin ishq ichrakim, gulxan aro
Shu’la oltoyiu kullardur anga sinjobdek. 
326 
Turfa ruxsoringki, husn ichra erur gulzordek,
Turfaroq budurki, gulzor ermas ul ruxsordek. 
Sarvnozim boshida turna parin ko‘rkim, erur
Sham’ning boshida kul bo‘lg‘an parishon tordek. 
Bir tun ul oy hajridin kuydum, ulus ko‘rdi meni
Tonglasi bir yil takassur tortqan bemordek. 
Toshlarkim urdi ul sho‘x, ipga bog‘lab osmisham
Bo‘ynuma ko‘nglum g‘ami taskiniga tumordek. 
Za’fdin ko‘yida qo‘ydum boshim ostig‘a kesak,
Soya ham gar istasam yo‘qtur buzug‘ devordek. 
Ul quyosh mast o‘ldi, go‘yokim qilib egri xirom
Yuz jafo jonimg‘a aylar charxi kajraftordek. 
Telba ko‘nglungni, Navoiy, zabt aylay olmading
Emdi chek andin ilig har sori borsa bordeg. 
327 
Ne nav’ bordi ekin uyga kecha ul chobuk
Ki, tun qorong‘u edi, raxshi tund, o‘zi usruk. 
Nechukki yeldin o‘lur har taraf niholg‘a mayl,
Samand uza egilur erdi ul qadi nozuk. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Agarchi kayfiyat ichra ko‘runubon bir nav’
Va lek kayfiyat andin ko‘ngulga yuz turluk. 
Gaheki ko‘z ochibon kirpigi otib novak,
Tushub qayonki otib jonu ko‘nglum ichra to‘shuk. 
Agarchi o‘lturubon yuz tirigni g‘amzasidin,
Va lek jon topibon nuktasi bila yuz o‘luk. 
Netib o‘z ilgida qolg‘ay inoni hushu xirad
Ki, boda kuchlugu raxshi inoni ham kuchluk. 
Navoiyo bu balolar sangaki yuzlandi,
Xayoli ofiyat etsang, o‘zungga bor o‘truk. 
328 
Menki chektim la’li shavqi birla jonondin ilig,
Go‘yiyo hayvon suyi birla yudum jondin ilig. 
Chun meni hayron anga zoru oqar ashkim ne tong
Ul pariypaykar yusa men zori hayrondin ilig. 
Ilgi hinnodinmu rangindurki, men qurbon anga,
Yo qilurda qatl, anga rang o‘ldi qurbondin ilig. 
Lutf ishida ko‘rguzur har dam yadi bayzo ul oy
Ne ajab gar eltsa Musoyi Imrondin ilig. 
Jon chiqar holatda bas topsam itidin poybo‘s
Ne hadim o‘pmak uchun istarga jonondin ilig. 
Dayr aro chun mug‘bacha el yori bo‘ldi, ey ko‘ngul,
Yu mug‘ona may bila ul nomusulmondin ilig. 
Rahm etib holimg‘a solsa ko‘z yoshimg‘a bir nazar,
Vah, yumay netkaymen ul dam aqlu iymondin ilig. 
Bersa yuz oshub davrondin ilig men xastag‘a
Chekmagungdur hargiz ul oshubi davrondin ilig. 
Sayddek o‘qtin qatil o‘ldi Navoiy ko‘nglikim
Sundi oylar tiyg‘ ila kesmakka har yondin ilig. 
329 
Mahvashimda za’fu men bu g‘ussadin har dam halok
Kim, ne ya’ni men tirig bo‘lg‘aymenu ul dardnok. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling