Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
Chu ko‘mdung yerga Qorun ganji hukmi tutti, ey mun’im,
Tutaykim naqd ila bo‘ldi xizonang ganji qorundek, 
Vafo aylab, vafo ko‘z tutma olam dunlaridinkim,
Vafosiz keldi olam dunlari ham olami dundek. 
Manga dayri fano sing‘an safoli jomi Jamdekdur,
Kamin soyillari eski palosi hazzu iksundek. 
Navoiy nazmig‘a solsa quloq shah, ne ajabkim, bor
Aning har lafzida shohona la’lu durri maknundek. 
337 
Labingki, sayli sirishkimni oqizur qondek,
Erur bu qondek, emas ul valek qong‘andek. 
Tomug‘ o‘ti bila ahli azob jonig‘a dog‘.
Emas firoq o‘ti birla dog‘i hijrondek. 
Firoq dashtida ko‘nglumni qildi xori xasak
Tikanki, har yonidin bosh chiqardi paykondek. 
Bihishtu bo‘ynuma havro salosili zulfi
Chu sensiz o‘lsa gumon ayla bandu zindondek. 
Ko‘ngulki tushti junun dashtig‘a borib, gohe,
Quyundek ohim aning tegrasida aylandeg. 
Vafog‘a garchi falak davri ojiz ersa, hanuz
Bu sheva ichra emas erkin ahli davrondek. 
Qadah tubida ko‘rung boda durdini maxfiy,
G‘am ichra qon to‘la ko‘nglumda dog‘i pinhondek. 
Navoiy asru buzug‘, lek Vomiqu Majnun
Emaslar ikkisi ul xonumoni vayrondek. 
338 
Hajr tobi ichra kim ko‘rmish bu jismi zordek
Kim, topibdur barq shakli o‘tqa tushgan tordek. 
Ey kabutar, tavq paydo aylagung to‘tiy kebi,
So‘zluq nomamni ossam bo‘ynungga tumordek. 
Bo‘ldi yuz ming pora jismimda so‘ngak, qon qolmadi,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
Molishi hajringdin o‘lmishmen siqilg‘an nordek. 
Vah, ne hijrondurki, ham avval tunining tonglasi
Bo‘lmisham yillar malolat tortqan bemordek. 
Ey ko‘ngul, dayr ichra ul kofirni sevdung bilki yo‘q
Rishtae o‘zni anga bog‘lar uchun zunnordek. 
Yor agar hampovu pobarjo esa bu davr aro,
Boshig‘a har lahza evrulmak bo‘lur pargordek. 
Har so‘ngak yonimda bo‘lmish bir teshuk g‘am bazmida,
Har birida o‘zga yanglig‘ nola musiqordek. 
Boda ichmakka maqome istar ersang, ey rafiq,
Ma’mane bu ishga yo‘qtur kulbayi xammordek. 
Har dam ul oy hajrida ovoralig‘ istar ko‘ngul,
Ey Navoiy, qo‘y ani har qayda borsa bordeg. 
339 
Ey to‘quz torami, axzar bo‘lubon jilvagahing,
Xayli anjum sipahing, nuri g‘ubori siyahing. 
Mujdai vasl ila topmay dame orom, magar
Maqsadi sidq bo‘lub bir nafas oromgahing. 
Charx yuz ming ko‘zi go‘yo yorudi, tortilibon
Surmagun tun ichida surmasifat gardi rahing. 
Sufiyi olami qudsiy senu ashob rusul,
Arshi a’lo kelib ul xayl uchun xonaqahing. 
Tah-batah bu to‘quz aflokidin o‘tganda edi
Yuqori xoliq o‘lub, moxalaqalloh tahing. 
El ko‘zin nuri shafoat bila yorutqaningga
Tortqan surmayi mozog‘ ikki ko‘zdur guvahing. 
Ey Navoiy, chu shafi’ing ul erur, bo‘ldi gunoh
Ul malaklargaki, yozmoq tilagaylar gunahing. 
340 
Qoradur xolu xattu ko‘zu qoshing,
Magar borini kuydurmish quyoshing. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling