Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
Yoshim torin uzattingkim, sening ham 
Uzalg‘ay aysh ila, yo rabki, yoshing. 
Boshimg‘a toshlar yog‘durmakim, bor 
Murassa’ tojdin ozurda boshing. 
Xaroshida ko‘nguldin chiqting, ey oh 
Ki, el ko‘nglin xarosh etti xaroshing. 
Nechuk sen xulfi ichra, ey ko‘ngulkim, 
O‘tar bas tiyralik birla maoshing. 
Palosi huznu men, ey atlasi charx, 
Manga loyiq emas volo qumoshing. 
Navoiy foniy o‘ldi, ey g‘amu dard, 
Aning raxtin fano ko‘yiga toshing. 
341 
Ey chuchuk jonim sening shirin labing
Mevayi jonim turunji g‘abg‘abing. 
Men kimu o‘pmak yuzung ko‘zgusini, 
Bas muyassar bo‘lsa na’li markabing. 
Necha elni kecha, yo rab, ey ko‘ngul, 
Qo‘ymag‘ay uyqug‘a «Yo rab-yo rab»ing. 
Tezlikda gardiga yetmas shihob, 
Ey quyosh, javlong‘a kirsa ashhabing. 
Yuzida ter qatrasin ko‘r, ey sipehr, 
Oy uza mundoq ko‘runmas kavkabing. 
Shurbdin nuqson emas, ey porso,
Faqr ila bo‘lsa muvofiq mashrabing, 
G‘amzang o‘ltursa Navoiyni ne bok,
So‘z bila chun tirguza olur labing. 
342 
Kulmading, to ko‘zlarimni kavkabafshon qilmading,
To‘kmading qonimni, to bag‘rim to‘la qon qilmading. 
Tifldekkim, g‘uncha ochqay, qilmading, ey bag‘ri tosh,
Xotiringni jam’ to ko‘nglum parishon qilmading. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Elga aytur zahra yo‘q, vah, yo‘qsa qay bir turktoz
Ayladingkim yuz ko‘ngul mulkini vayron qilmading. 
To quyoshdek jilva qilding, qo‘ymading bir zarrakim,
Ofarinish ichra ruxsoringg‘a hayron qilmading. 
Yuz balo toshini ishq atfolidin yog‘durmading,
To junun torojidin jismimni uryon qilmading. 
Ey falak, qaysi quyosh yuzlugni bir kun charx uza
Jilvagar qildingki, oqshom yerga pinhon qilmading. 
Demakim, qo‘ydum Navoiy jonig‘a dog‘i ajal,
Shukri boriy mubtaloyi dog‘i hijron qilmading. 
343 
Ey, mening jonim olib yaxshilig‘ing,
Beribon jon yana yaxshi qilig‘ing. 
Qahr ila bodaki, tuttung o‘ldum,
Zahrdek o‘lturur elni achig‘ing. 
Husndin mehr g‘arazdur, ey ishq,
Bu masaldur: silig‘ingdin ilig‘ing. 
Asradim seni ko‘z ichra, ey yosh,
Qonima erdi tanug‘lug‘ osig‘ing. 
Mast ul kofiri bebok kelur,
Aqlu din ahli, o‘zunguzni yig‘ing. 
G‘ayr gardi borur ul pok sari,
Qani, ey ko‘z, bu mahalda arig‘ing. 
Ey Navoiy, necha solg‘ay oshub,
Ul pariy ko‘yida devonalig‘ing. 
344 
Iki g‘unchang ermas, ey gulchehra, teng,
Og‘zing asru toru ko‘nglung asru keng. 
Og‘zingga tegmas uzoring birla so‘z,
Bo‘lmadi xurshid birla zarra teng. 
Lolaning dog‘i bo‘lur chun o‘rtada,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling