Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 312 Sanga ish javlon qilib maydonda chavgon o‘ynamoq, Manga ollingda boshimni go‘y etib jon o‘ynamoq. Bosh ovuchlab egma qomat birla qolman raxshidin, To tilar chobuksuvorim ko‘ngli chavgon o‘ynamoq. Ko‘z qarosin o‘ynatur har lahza ul mardumni ko‘r, Hinduedekkim erur oyini qolqon o‘ynamoq. O‘ynay-o‘ynay aylading kufr ila dinimni badal, Olloh-Olloh, bumudur, ey nomusulmon, o‘ynamoq. Javr toshin ul pariy o‘ynab otay der el sari, Vahki, bu devonag‘a yetkach ne imkon o‘ynamoq. Har sari ashkim yugurmoq ne ajabkim, ayb emas, Tiyra uydin chiqqach-o‘q yoshlarg‘a har yon o‘ynamoq. Charx o‘yun birla olur din naqdin eldin, voqif o‘l, Bu musha’bid birla bo‘lmas ahli irfon o‘ynamoq. Va’da ko‘p qilding Navoiyg‘a va lekin o‘ynabon, Muncha bo‘lg‘ay el bila, ey ahdi yolg‘on, o‘ynamoq. 313 Ohkim, g‘am tiyg‘idin ko‘ksumni qildi chok ishq, Dudi ohimdin ko‘zumni ayladi namnok ishq. Dard kirmak birla jon chiqmoqqa gar yo‘l qilmadi, Ne uchun g‘am tiyg‘idin ko‘ksumni qildi chok ishq. Ul pari ko‘yidakim har lahza yuz ming bosh borug Sudrabon eltur meni devonani bebok ishq. Ko‘zuma har dam yorug‘roqdur yuzungnung ko‘zgusi, Xosiyat mundoq emish har kimda bo‘lsa pok ishq. Oshiq o‘ldi xasta jon ko‘rgach ul otashporani, Olloh-Olloh, barq ila o‘ynaydurur xoshok ishq. Ishq vodiysig‘a kirgan, yonki andin har quyun Kim, chiqar sargashtaedurkim qilibdur xok ishq. Ey Navoiy, oshiqekim, sen kebi istar farog‘, Gar erur majnunki, ul qilmaydurur idrok ishq. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 181 314 Vah, necha jismimni g‘amdin notavon etkay firoq, Notavon jismimg‘a har dam qasdi jon etkay firoq. Jismim aylab notavon jonimg‘a qasd aylab nihon Qasd qilg‘an jonni rasvoyi jahon etkay firoq. Jonni rasvo aylagandin so‘ng qanoat qilmayin Yuz g‘amu anduh xadangiga nishon etkay firoq. Emdikim anduhu mehnat o‘qig‘a qildi nishon, Har jarohat uzra yuz dog‘i nihon etkay firoq. Ey ko‘ngul, solma o‘zungni dard ila mardona bo‘l, Bizni, shoyadkim, bu yanglig‘ imtihon etkay firoq. Vaslidin dam urmayin qilsaq firoq ichra basar, Shoyad o‘zin bizga bir kun mehribon etkay firoq. Kuydi jonim vaslida el rashkidin to yetti hajr, Vasl munglug‘ jonima o‘t soldi to netkay firoq. Do‘stdin istar rizo zinhor ani ko‘rmakim, Vasl qilg‘ay komron yo notavon etkay firoq. Ich, Navoiy, may bag‘ir qonidegu bexud yiqil, Necha vasl ummididin bag‘ringni qon etkay firoq. 315 Qon yoshim sarig‘ yuz uzra oshkor etti firoq, Za’faronzorimni g‘amdin lolazor etti firoq. To firoq uyiga kirdim, vahki, ashkimdin edi, Garchi yuz gavhar, ayog‘img‘a nisor etti firoq. Dam-badam ohim chekarga sabr ila toqatni aql Ixtiyor etti, vale beixtiyor etti firoq. Jon talashur elni marg andoqki aylar muztarib Lablaring istar ko‘ngulni beqaror etti firoq. Deb eduk ishq anduhidin har dam afg‘on qilmali, Vahki, bu da’voda bizni sharmsor etti firoq. Ket farahkim, g‘amni, mehnat toshin olib, ko‘ngluma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling