Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
182
Yuz tuman mismor birla ustuvor etti firoq. 
Ey Navoiy, vasl aro bo‘lg‘ayki, boqib kulgamen
Dog‘larnikim ko‘ngulga yodgor etti firoq. 
Demangiz netti firoq oxirki bo‘ldung dushmani,
Man’i vasli xusravi Jam iqtidor etti firoq. 
316 
Junun toshi xarobot ichra har dam ko‘ksuma urmoq,
Erur taqvoyu donish butlarin tosh birla sindurmoq. 
Queshkim zarra qo‘zg‘ab kirsa vayronimg‘a hajringda,
Ko‘zugma kul sovurmoq, bil ani, ko‘nglumga o‘t urmoq. 
Chu piri dayr taqvo xirqasin kuydur dedi gar xud,
Aning har toridur jon rishtasi bo‘lmas boqib turmoq. 
Labing hajrinda xokiy tan aro ko‘nglumni habs ettim,
Nechukkim jonsiz elni rasm erur tufroqqa topshurmoq. 
Dema, ul dilrabog‘a ne uchun ko‘nglungni oldurdung,
Uz erki birla ne mumkin kishi o‘z ko‘nglin oldurmoq. 
Agar ohimdin aylab jilva yog‘durdi jafo toshin, 
Ne tong gulbun sabo tahrikidin gul bargi yog‘durmoq, 
Binafsha solxurd eldekki bosh soldi quyi, go‘yo
Yaqin anglab jazoni umr anga da’b o‘ldi qayg‘urmoq. 
Qadah ichmak yozuq deb asru mardud etmagil, ey shayx,
Bu qism ersa azaldin, bejihatdur bizni yozg‘urmoq. 
Qarog‘lardin pulak jon rishtasidin chillavor etqil,
Qoshing yosin Navoiy qasdig‘a gar istasang qurmoq. 
317 
Yor chun istarki, bo‘lg‘aymen mudom andin yiroq,
Ul jihatdin barcha vasl istar, meni mahzun firoq. 
Yaxshilarg‘a bas yomondur holkim, yor ollida
Tengdurur yaxshi-yomon, balkim yomonroq yaxshiroq. 
Shah yonin farzin kebi kajlar maqom etmish, ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
183
Toza har yon dog‘ emas jismimda ul yuz ishqidin
Kim, bu kavkablarg‘a bo‘lmish ul quyoshdin ehtiroq. 
Bu yiroqliqdin yaqindur o‘lgamen, vah, yorning
Istabon royin bo‘lupturmen qinliqdin yiroq. 
Mahjabinlardin siyahdillik ne tong, oykim aning
Botinin ko‘rsang qoradur, gar ko‘runur zohir oq. 
Ko‘p Hijoz ohangi tuzma yor ila bo‘l barcha vaqt,
Ey Navoiy, gar Ajam bo‘lsun maqoming, gar Iroq. 
318 
Chiqsa jonim, ayb qilma, jismi bemorimg‘a boq, 
Kuysa jonim, hayrat etma, nolayi zorimg‘a boq. 
Hajr dashtining guli gar lola bo‘lsa, sayli qon,
Qilmag‘il, ey gul, taajjub chashmi xunborimg‘a boq. 
Eyki, ko‘rmaysen quruq shoxe bezalgan gul bila,
Hajr toshidin sarosar jismi afgorimg‘a boq. 
Zulfin ochti ul sanam, ey shayx, bovar qilmasang
Kim, asiri kufrmen but birla zunnorimg‘a boq. 
Yer bila teng qildi xoki tan uyin ashkim suyi,
Ishq saylidin yiqilg‘an eski devorimg‘a boq. 
Qilmasang tavbamni sindurg‘anni bovar, ey faqih,
Xirqayi chokimni ko‘r, oshufta dastorimg‘a boq. 
Bosh ko‘tarmay maydin ektim jurm tuxmi barcha umr,
Ey Navoiy, umr etib zoyi’ saru korimg‘a boq. 
319 
G‘amim ko‘p ayta olmasmen ne tong ko‘nglum halok o‘lmoq,
Ichimda yuz qilich, ne ayb ko‘ksum chok-chok o‘lmoq. 
Ular deb shod o‘lur, ko‘p ko‘rsa dardim muddaiy bilmas
Ki, ishq ichra hayotim boisidur dardnok o‘lmoq. 
Agarchi husn ichinda sencha pok o‘lmoq emas mumkin,
Ani ham ko‘rki ishq ichra bo‘lurmu mencha pok o‘lmoq. 
Agar zahr ichsam ilgingdin taajjub qilma, ey soqiy
Ki, bo‘lmish mastu oshiq shevasi bevahmu bok o‘lmoq. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling