Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TYe HARFINING TANNOZLARINING TAROVATI «G‘AROYIB»DIN 280
279
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 162 Ey sabo, jonim halokin ayla jononimg‘a arz, Yo‘qki jismi notavon ahvolin et jonimg‘a arz. Oh dudin, ashk qonin, nola maddin aylagil Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimg‘a arz. Kufri zulfi, dinu imonimni barbod aylabon, Qilg‘anin jon qasdi etqil nomusulmonimg‘a arz. Va’dayi vaslig‘a yetmay o‘lganimni, ey rafiq, Qilg‘asen har yerda ko‘rsang ahdi yolg‘onimg‘a arz. Oshiq o‘lturmakka chiqmish mast, vah, ishqim so‘zin, Ey raqib, etsang ne ul beboki nodonimg‘a arz. Vasl shavqi g‘olibu men gungmenkim, aylamak Hojat ermas koshifi asrori pinhonimg‘a arz. Ey Navoiy, hajr zindonida jonning xavfi bor, Qilg‘asen topsang mahal, albatta sultonimg‘a arz. TYe HARFINING TANNOZLARINING TAROVATI «G‘AROYIB»DIN 280 Nafs qutto’-ut-tariqi manzilidur bu rabot, Naqdi din hifzig‘a qil o‘tkuncha andin ehtiyot. Manzil etsang bu rabot ichra iqomat qilmakim Har kun o‘zga korvon oromgohidur rabot. Ne to‘sharsen taxti johing farshin oltun xisht ila Kim, seningdek shohni ko‘p o‘tkariptur bu bisot. Tavqi la’nat desalar bo‘yninda tasbihin ne tong, Makru hiylat birla shayx el birla qilsa ixtilot. Shayxi johil bo‘lmoq o‘z asrori birla munbasit, G‘aflat ahli bang ila qilg‘an kebidur inbisot. Zarq jomi birla vajd etgan erur ul tiflkim, May debon rangin suni qilg‘ay ichib omdan nishot. Faqr ko‘yi itlaridin kimki kam ko‘rdi o‘zin, Topsang ani, itlari silkida topqil inxirot. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 163 Vaslg‘a yo‘l hajrdin faqr o‘ldi ko‘rgil turfakim, Birdin uchmog‘dur xijil, birdin tomug‘, birdin sirot. Ey Navoiy, ishq aro berabt agar sursam hadis, Anda mazmun bil g‘araz maqsud ko‘rma irtibot. 281 Yuzda xolingdurmu yo tahrir etar holatda xat, Tomdi qudrat kilkidin kun safhasig‘a bir nuqat. Sabzayi hatting ko‘zumni yorutur boqqan soyi, Ko‘p nazar qilsa, agarchi tiyra aylar ko‘zni xat. Oyni ruxsoring dedim go‘yo qorong‘u erdi tun Kim, manga asru yiroqtin voqi’ o‘lmish bu g‘alat. Jon arosig‘a kirar har dam xiromon qomating, Garchi sokindur alifkim, jong‘a bo‘lmishdur vasat. Turki anjum shomi hajrimni yorutmas, go‘yiyo Novaki ohimdin o‘lmish tavsani gardun saqat. Maskaning may o‘tidin, ey mug‘, erur otashkada, Anda bir o‘tlug‘ samandar may to‘la har sari bat. Zohid o‘ldum deb, Navoiy ishqni tark etmakim, Bo‘lmasa ul sho‘r tuzsiz luqmadur zuhdi faqat. 282 Qilsa bo‘lmas ohu afg‘ondin meni shaydoni zabt Uylakim, javru jafodin ul buti tarsoni zabt. Har dam el qonin to‘kar usruk chiqib bedod etib, Kimdururkim, qilg‘ay ul sho‘xi qadahpaymoni zabt. Sho‘xliqdin zulm qilmoqqa erur beixtiyor, Mumkin ermas qilmoq ul huri malaksiymoni zabt. Zulfi zanjirig‘a ahli ishq ko‘nglin tortibon, Yaxshi qildi bir suruk devonayi rasvoni zabt. Telba ko‘nglum dashtni qilsa masohat aybi yo‘q, Omil ar majnundurur qilg‘ay magar sahroni zabt. G‘unchalar ochilsa, o‘lganlar tirilsa ne ajab, Aylay olmas kulgudin chun la’li ruhafzoni zabt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling