Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «G‘AROYIB»DIN 284
www.ziyouz.com kutubxonasi
164 Zabt aylay olmas ahli ishq ko‘ngli kishvarin. Xusravekim aylay olg‘ay sarbasar dunyoni zabt. Ashk mavjin man’ etarsiz menda ham yo‘q ixtiyor Kim, qiliptur xosa chayqalg‘an zamon daryoni zabt. Davr eli zulmin xayol etmak bila bo‘ldum halok, Tindi ulkim, qildi bir vasvos ila savdoni zabt. Dayr piri bandasidurmenki nofiz hukm ila Aylamish yuz ming juhudu gabr ila tarsoni zabt. Ey Navoiy, sen dag‘i devonasen, ko‘nglung dag‘i, Gar seni zabt etsalar kim aylay olg‘ay ani zabt. 283 Ruxsor ila labingdin etar ko‘nglum inbisot Kim, gul chog‘ida boda erur mujibi nishot. Ey oy, sipehr arsasida o‘zni sotma ko‘p, Shohim ruxin unutmaki, xoliy emas bisot. Qilmang nazora og‘zig‘a ko‘pkim, topilmag‘ay Xurshid ichinda zarrani ko‘p aylab ehtiyot. Ul sho‘x necha g‘ayr bila bo‘lsa muxtalit, Men g‘ayri birla mumkin emas qilmoq ixtilot. Shahlar, demanki, qullug‘uma bo‘ldi munxarit, Gar qullaringning o‘rtasida topsam inxirot. Qo‘yma ko‘ngulni dahrning eski rabotig‘a, Soyirg‘a chun mahalli iqomat emas rabot. Oshufta bo‘lsa nazm Navoiyg‘a, ey pariy, Devonalar so‘zida tama’ qilma irtibot. ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «G‘AROYIB»DIN 284 Tariqi ishqdin bo‘lmish manga balo malhuz, Nechukki faqr tilardin erur fano malhuz. Agarchi dardsiz o‘lmas davo valek mening Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 165 Bu dard istaganimdin emas davo malhuz. Oyoqqa kirsa ne bushqay balo mug‘iyloni, Gar o‘lsa bodiyadin ka’bayi safo malhuz. Erur mulohazam ul oy rizosi ishq ichra, Agarchi elga visol o‘ldi ishq aro malhuz. Fireb berma manga intihodin, ey zohid Ki, bordur ahli haqiqatqa ibtido malhuz. Niyozing o‘lsa, yetar dayr piridin qadahe, Yo‘q ersa bazmida ermas shahu gado malhuz. May ichki, xalq gunohin yumoqqa abri karam Yog‘ar mahalda emas rindu porso malhuz. Ajabki, fayz charog‘i ishiga solg‘ay nur, Birovki, bo‘lg‘ay aning zuhdidin riyo malhuz. Navoiy, emdi qadah sham’ini yorutqilkim, Yorug‘lug‘ o‘lmadi taqvo bila manga malhuz. 285 Rishta diqqatdur kalomingda duri shahvor lafz, Rishtag‘a durlar chekarsen chun topar takror lafz. La’li jonbaxshing erur go‘yoki Ruhullohkim, Sochilur jon har taraf qilg‘an soyi izhor lafz. Go‘yiyo hayvon suyidin qatra sekrir har sari, Chun takallum vaqti la’lingdin chiqar durbor lafz. Gar o‘lugni tirgizur, vahkim, tirigni o‘lturur La’lidin qilg‘ach ayon ul sho‘xi shirinkor lafz. Dema lafzinkim tili evrulmagondindur sinuq Kim, topar tor og‘zidin chiqquncha ko‘p ozor lafz. Sirri ishqimni tilarmen sharh qilmay anglasang Kim, emas ishq oyatig‘a mahrami asror lafz. Ey Navoiy, chun guhar beqadr erur shoh ollida, Ne ajab gar bo‘lsa nazmingdin qoshida xor lafz. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling