Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


  Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar  www.ziyouz.com


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

217 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
Tiyradur uylakim, yorug‘lug‘ anga qo‘ymas yuz,
Shomi hajrimda agar bo‘lsa quyosh har yulduz. 
O‘tti hijron kechasi ranjida umrum, yo rab,
Bir kun o‘lg‘aymuki, ushbu kecha bo‘lg‘ay kunduz. 
Xo‘blar anjumani ichra naziring yo‘qtur,
Mehrni anjum ichida desa bo‘lur yolg‘uz. 
Egriliklar esa zulfung harakoti ne ajab,
Kim yilonni harakat qilg‘anida ko‘rmish tuz? 
Sendin ayru emas, ey do‘st, o‘lugu tirigim,
Qahru lutfung bila gar o‘ltur, agar xud tirguz, 
Gulda yo‘q sarv qadi, sarvda gul ruxsori,
Sarvi gulro‘yum erur husn tariqida to‘kuz. 
Soqiyo, may to‘lakim arbada istar ko‘nglum,
Ey qalandar, chola boshla o‘kurur ko‘kta qo‘buz. 
G‘am g‘izosi orasinda qani turkona ayog‘,
To‘ra oyini bila tomsa to‘quz, oqsa o‘tuz. 
Ey Navoiy, tilasang yor ila topmoq payvand,
G‘ayridin sa’y qilib rishtayi payvandni uz. 
218 
Yo‘qki ul ko‘z qoradur husnung aro, ey qorako‘z
Kim, qoshing dag‘i erur asru qaro, ey qorako‘z. 
Gar ko‘ngullarni jaloyi vatan istar bo‘lsang,
Yesh tugunlarniyu zulfungni tara, ey qorako‘z. 
Qora nargis ko‘zu gul yuz bila gar sen kebi yo‘q,
Bulbule men kebi yo‘q nag‘masaro, ey qorako‘z. 
Qo‘zlaring zaxm agar qilmadi har kirpik ila,
Bas, nedur ko‘ngluma yuz yerda yara, ey qorako‘z! 
Menmenu bir yaramas ko‘nglum, aning qatli uchun
Qo‘z qora qilma, bir ishimga yara, ey qorako‘z?! 
Goh faqr ahlig‘a ham rahm ko‘zi birlan boq
Kim, duogo‘yung erurlar fuqaro, ey qorako‘z. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Sen Navoiyg‘a vafo aylamasang, bor o‘lsun
Shoh Abulg‘oziy ibin Boyqaro, ey qorako‘z. 
219 
Manga ul ko‘zi qora dedi chuchuk chandin so‘z,
Ne ajab ani qorako‘z desamu shirin so‘z. 
Labi yuz va’dani andoq manga yolg‘on qildi 
Ki, dey olmas kishi yuz yilda bir andoq chin so‘z 
Hajring afsonasidin so‘z der esam vasl tuni,
Topmag‘ay tongg‘acha tun yilcha esa taskin so‘z. 
Beliyu la’li labi ollida lol o‘ldi xirad
Kim, erur biri daqiqu biri bas rangin so‘z. 
Har fasohatki, labing qildi, Masiho eshitib,
Jon topib, kelmadi og‘zi aro juz tahsin so‘z. 
Husni vasfida so‘zum tutti bari olamni
Murshidi ishq manga aylagali talqin so‘z. 
Bazmi aysh ichra Navoiy, ne ajab urmasa dam,
Ayta olmas chu nishot ahli aro g‘amgin so‘z. 
220 
Nuktasi mafhum o‘lur, bo‘lmas vale mafhum og‘iz,
Tong emastur hech mafhum o‘lmasa ma’dum og‘iz. 
Olloh-Olloh, turfadur bukim iki jonbaxsh lab,
Ikki yon ma’lumu ermas o‘rtada ma’lum og‘iz. 
Vahmni yuz ming gumon ichra solur mundinki bor
Xatti mavhum ul bel, ammo nuqtayi mavhum og‘iz. 
Ul alifdek qad latofat ichra bo‘ldi birga o‘n,
Sifrdek to bo‘ldi aning zimnida marqum og‘iz. 
Dol angakim ishq kitmoni kerak ishq ahlig‘a,
Ishqing asrorida sirredur ajab maktum og‘iz. 
Vahki, ul yuzu og‘iz shavqidin o‘ldum, lek bor
Yuzidin yuz noumidu og‘zidin mahrum og‘iz. 
Zahri hajr og‘zim to‘la naylab qilay o‘pmak xayol,
Hayfdurkim, yetkay og‘zi no‘shig‘a masmum og‘iz. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling