Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
194 
Soqiyo, day shiddatidin aqlu his betob erur,
Chorasi jomi bilurin ichra la’li nob erur. 
Tiyinu qoqumni rokib sho‘xlar o‘z egnidin
Tob birla yuzga chekkandin ko‘ngul betob erur. 
Ishqdin yo‘qkim, sovug‘din otashin gul istabon
Topmag‘andin bulbul a’zosida par sinjob erur. 
Siym o‘tdin suv bo‘lur, yeldin ajoyibdur bukim,
Titramakdin siymbarlar jismi chun siymob erur. 
To‘lun oy ermas, tun oqshomkim quyoshning chashmasi
Muz to‘ngubturkim, ziyosi tiyra chun mahtob erur. 
Siymdin bahman chaman qofini to zol ayladi,
Qushlar ul siym ostida simurg‘dek noyob erur. 
Ey xush ulkim, la’lgun may ich debon taklif uchun
Ilgi bir zarrin kamarning bo‘ynig‘a qullob erur. 
Kishu o‘rmak, qaydidin o‘t ayshni favt etmakim,
Kish qaroroq tulku, o‘rmak yupqaroq moshob erur. 
Ey Navoiy, gar muhayyo topmasang asbobi aysh,
G‘am yema, shah qullug‘i yuz aysh uchun asbob erur. 
Ul sarafrozeki, oliy dargahining hay’ati
Barcha sarkashlarga bosh qo‘ymoq uchun mehrob erur. 
195 
Orazing xurshidu og‘zing zarradin timsol erur,
Zarra uzra nuqta yanglig‘ og‘zing uzra xol erur. 
Kokulungdur mushku ustida gireh mushk uzra «mim», 
Qomating shamshodu zulf ostida tushgan dol erur. 
Qoshu qaddu zulfidin payvasta to na’lu alif
Tanda kestim, noladin ozurda jismim nol erur. 
Chun dedim: xoling bila ko‘z mardumining holi bor
Dedi ulkim: xol deysen, nuqtasiz ham hol erur. 
Nukta der holatda tor og‘zingni ko‘rguzgan labing,
Go‘yiyo zanbur nishidin teshilgan bol erur.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
Durdkashmen piri dayr ollida maqbul o‘lg‘ali,
Davlat ahlining qabuli ko‘rki, ne iqbol erur. 
Soqiyo, gar davr ta’jilin ko‘rub qon yig‘lamas,
Bas Navoiydek surohiy ashki nevchun ol erur. 
196 
Orazing ko‘zgusimu ter kasratidin sudadur
Yoxud ul oraz suyining aksimu ko‘zgudadur?. 
Dema ayni nozdin ul ko‘z ochilmaydurki, bor
Kofirekim mastlig‘ ifrotidin uyqudadur. 
Topmog‘im o‘zni mahol o‘lmish firoqing shomikim,
Tab arodur xasta jismu tob ul gesudadur. 
Sen otarsen novaku ko‘ksum shikofidin ko‘ngul
Ko‘rgali kelmish, xato qilmaki, xush qobudadur. 
Sajda qilmoq ne tafovut Ka’ba yoxud butqakim,
Qoshi mehrobi, qayon qilsam sujud, o‘trudadur. 
O‘lmagimdin zulfunga go‘yo parishonlig‘ yetib,
Motam ahlidek quyi solib boshin qayg‘udadur. 
Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yo‘qtur baqo,
Ich, Navoiy, bodakim olam g‘ami behudadur. 
197 
Orazing ko‘zgusida xat sabzadurkim, suda bor,
Yo magar zangor su ta’siridin ko‘zguda bor. 
O‘qlaring paykon bila har yon quruq jismimdadur,
Shoxlar uzra ko‘ngullardekki ul nojuda bor. 
3ahri hajring qildi daf’ ul ko‘z qorasi, vah, bu nav’,
Qayda bergay xosiyat pozahrkim, ohuda bor. 
Bordurur mehrob turg‘ach butqa qilg‘andek sujud,
Sajda qilsam qiblag‘a to qoshlaring qarshuda bor. 
3ulf aro xoling agar din qasdi aylar ne ajab,
Muncha kofirlig‘ ragi, vah, qaysi bir hinduda bor. 
Ishq vodiysin xatardur ilm ila qat’ aylamak,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling