Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Majnun ko‘ngul qilmas havo har yon o‘qungdin go‘yiyo
Kim, bu temur birla yig‘ach habsig‘a aning band erur. 
Boqqach quyosh ruxsorig‘a andin qilurmen ko‘z yoshi
Kim, ul musofir oyima husn ichra bas monand erur. 
G‘am barqiyu mehnat tuni zoyanda bo‘lsa ishqdin
Tong yo‘qki, o‘tqa gah sharar, gohi tutun farzand erur. 
Dunyo arusi zulfini tutqan ne ogah faqrdin
Ganj istamas ulkim, yilon tutmoq bila xursand erur. 
Ming nola tortib ko‘rmay ul gul vaslin oxir o‘lganim,
Bu bog‘ning bulbullari gar bilsalar, xush pand erur. 
Ko‘z uchi birla boqtingu qiyding Navoiy ko‘nglini,
Bilding anikim, bir qiyo boqmoqqa hojatmand erur. 
136 
El tilidin jonima gar yuz balo mavjud erur,
G‘am yeman, gar ul qizil til tiyg‘i xunolud erur. 
Yuz uza siymin zanaxdoningda xatti mushkbo‘y,
O‘tqa qo‘yg‘an olmadin go‘yoki chiqqan dud erur. 
Jon berib oldim jununu ishq to bo‘ldum fano,
Olloh-Olloh, ul ne xush savdo, bu ne xush sud erur. 
Hajr bedodidin ul yuz shavqi ortar har necha
Kim, xazon osibidin gul yafrog‘i nobud erur. 
Kisvatedur xilqatim ishq ofati shaxsig‘akim,
Rishtayi jon anda toru tori jismim pud erur. 
Qilmading ahdingda bir ahdeki qilg‘aysen vafo,
Bevafolar ahdi mundoq go‘yiyo ma’hud erur. 
Mehr isi bu mijmari feruzadin ko‘z tutmakim,
Barcha qad shamshodi bu mijmar ichinda dud erur. 
Eyki qadding bo‘ldi xam, olam bila qil xayrbod
Kim, xam etmak qad hamesha lozimi padrud erur. 
Ey Navoiy, ermas ul zolim ko‘zi uyqudakim,
Zulm eshigi Shohi G‘oziy adlidin masdud erur. 
137 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Yig‘lasam ko‘nglumga ishim ohi dardolud erur,
O‘tqakim yog‘mur yog‘ar aning nishoni dud erur. 
La’li shavqidin ko‘ngul xursand erur xunob ichib,
Telbaga rangin su bersang, may debon xushnud erur. 
Yuz ayog‘i tufrog‘idin olman ushbu vajh ila
Kim, necha tufrog‘ ichinda tursa oltun sud erur. 
Chiqmas ohim shiddatidin ul mahi xirgahnishin,
Sham’g‘a fonus yeldin asramoq maqsud erur. 
Vaslin istab ko‘p enaldim, qovdi ko‘yidin meni,
Bo‘lsa mubrim sheva, albatta gado mardud erur. 
Talx maydin, soqiyo, topti chuchuk jonim hayot,
Ey baso makruhkim, zimnida bir behbud erur. 
Telba itdekdur Navoiy ul parivashsiz ne tong,
Og‘zidin gar o‘t sochib a’zosi gardolud erur. 
138 
Ulki yuz mehnatqa jonim ishqidin pomol erur,
Anga rahmu manga toqat yo‘q, ajoyib hol erur. 
Zeb erur husn ahlig‘a ahli nazar nazzorasi,
Ko‘zki, bulbul tikti gul ruxsori uzra xol erur. 
Xatti shavqidin to‘kuldi jismim ul yanglig‘ qurub
Kim, so‘ngaklarda qalam ko‘rgan sog‘ing‘ay nol erur. 
La’lidin kom olmag‘uncha bilmadim shirinlig‘in,
Bargi gul zambur komi ichra kirgach bol erur. 
Gulxaniy majnundek ohim chiqqach, oqqan yoshlarim
Telba keynidin yugurgan go‘yiyo atfol erur. 
Bu chaman gulbargi xushrang o‘lsa, mayl etmangki, ul
G‘oza bulbul qonidin surtarki, rangi ol erur. 
Ey Navoiy, kimgakim bir jur’a chekti jomi vasl,
So‘ngra hijron zahridin yuz jomi molomol erur. 
139 
Yo‘q ajab, la’lingdin ar bexudlug‘um oyin erur,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling