Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
Nogah, ey ahbob, davron qilmag‘ay beboklik,
Yo‘qsa bizdek yuz tuman jonon uchun o‘lsak, ne bok. 
Pok jonin, yo rab, olma poklar ko‘ngli uchun,
Bo‘lmasa ma’shuqi, pok, oxir ne osig‘, ishqi pok. 
Ko‘nglakin chok aylamish anduhdin gul, chun yoqa
Chok qilsa naylasun bulbulning o‘lmay ko‘ksi chok. 
Gar bo‘lur yuz joni pok aning fidosi ozdurur
Men ne had birla bo‘lay, chunkim erurmen tiyra xok. 
Chun ajal jomin sumurmay chiqmas el bu bog‘din,
Xurram ulkim, bosh ko‘tarmas bodadin andoqki tok. 
Ey Navoiy, yor dardi ne balo muhlik emish
Kim, arang za’f etkani ushshoqni aylar halok. 
330 
Sud qilmas etagingni iligimdin chekmak
Kim, qiyomatqa degincha bu iligdur, ul etak. 
Qonima qo‘l shimalu tiyg‘ni chekmaki,
Qilur qatl po‘lod qilichdin burun ul siym bilak. 
Qayd qilmangki, junun silsilasi qaydidamen
Kim, kesa olmas ani qilsalar olmos egak.
Tirguzurda nafasing yuzni qochurmoq ne edi,
Mayl qilmas xud o‘lug kimsadin olmoqqa muchak. 
Ishqdin maxlasima aylabon ahbob duo
Mustajob o‘lmas aning meni mahzung‘a tilak. 
Janda birla kishi darvish emas, bo‘lsa fano
Tengdurur xoh palos o‘lsa to‘nung, xoh ipak. 
Ko‘yida o‘ldi Navoiy bu sifatkim, bor edi
Takya xorovu hasiri yoni ostida tushak. 
331 
Ko‘nglaking bargi gulu ustida gulrang yelak
Gul kebi jisming uza uylaki gulgun ko‘nglak. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
Qalag‘ay sahfada ruq’angni ko‘rub oqti yoshim,
Tifldekkim yugurur ko‘rsa mulavvan ko‘palak. 
Ko‘yining tufrog‘idin qo‘pmas esam tong ermas,
G‘am toshidin chu butun qolmadi jismimda so‘ngak. 
Bukun ul nav’ki mendin bosh erur, sendin tiyg‘,
Tongla ham bo‘lg‘usidur mendin ilig, sendin etak. 
Yuragim itlaring andoq yedilar tishlashibon
Kim, yana yo‘qtur alar ollig‘a bormoqqa yurak. 
Meni bir mug‘bacha oshuftavu volih qilmish, 
Naylay islom aro gar ko‘p esa mirzovu mirak. 
Tishlabon, dayr ichida jomi hiloliy cheksam,
Qursi limusi kavokibning agar bo‘lsa gazak. 
Saltanat xil’atidin ortuq erur dayrda mast,
Sudrasam boda gadolig‘ida yirtuq kapanak. 
O‘zlugung qaydini kesmakka Navoiy bilkim,
Yo‘qturur dahr irikliklaridin yaxshi egak. 
332 
Kimga bir majlisda ohu dard ila so‘ze kerak,
Mundog‘ o‘t yoqmoqqa avval majlisafro‘ze kerak. 
Majlisafro‘ze agar ham bo‘lsa majlis ahlining
Bag‘rini kuydurgali ohi jigarso‘ze kerak. 
Subhi vasling ichra tirguz xayli ushshoqingnikim,
Shomi hajr o‘lturgali mendek siyahro‘ze kerak. 
Ko‘yungga har kun borib har dam ko‘ray dermen seni,
Menga har kun bayramu har lahza navro‘ze kerak. 
Yaxshi asra g‘am tuni ohim o‘qin, ey charxkim,
Sen evaz otmoqqa ham chun tiyri dildo‘ze kerak. 
Bir xizrvash himmatin berma iligdin, negakim
Dashti hirmon qat’iga oxir qulovuze kerak. 
Ishq ta’limin Navoiydin olurlar ahli dard,
Uyla dars ahlig‘a mundoq donishomuze kerak. 
333 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling