Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 G‘AROYIB US-SIG‘AR DEBOCHA Shukru sipos ul qodirg‘akim, chun adam osoyishgohidin vujud oroyishi ogohlarig‘a jilva berdi, insonni soyir maxluqotdin nutq sharafi bila mumtoz qildi. R u b o i ya: Ulkim, chu jahon xilqatin og‘oz etti, Sun’i kilkini naqshpardoz etti. Inson xaylin nutq ila mumtoz etti, Nutq ahlini nazm ila sarafroz etti. Va hamdi behaddu qiyos ul soni’g‘akim, chun iborat javohirin nazm silkiga tortdi, ul gulshani Eramoyinni nazm ahli xomayi gavharafshoni bila rashki nigorxonayi Chin va g‘ayrati xuldi barin yasadi. R u b o i ya: Chun xayli basharg‘a nutq komin berdi, Ul nutq ila nazm ihtiromin berdi. Nazm ichra balog‘at intizomin berdi, Tarkibida e’joz maqomin berdi. Jallat olouhu va ammat nuamouhu va lo iloha g‘ayruhu. Va durudi noma’dud ul anbiyo halqasining xotamig‘akim, inn ash-she’ra lahikmatun va inn al- bayona lasihrun nuktasi bila shuaro poyasin hukamo martabasig‘a chektiyu bayon rutbasin sehr manzilasig‘a tortti. R u b o i ya: Ulkim chu balog‘at etti da’vo, i’rob Ko‘rguzdilar ul da’vo aro ko‘p itnob. Chun nuktasida qildi a’yon gavhari nob, Da’vogari gavharlari bo‘ldi siymob. Va sallollohu alayhi va alo olihi va ashobihi va sallam. Ammo ba’d so‘z bayt ul-haramining bodiyapaymoyi va nazm shohbaytining zevaroroyi alfaqir-ul- haqir Alisher ul-mutaxallis bi-n-Navoiy sutira’uyubuhu va g‘ufira zunubuh, andoq arz qilurkim, bu xoksori parishonro‘zgor kichik yoshdin o‘zumni she’rning parishon savdosig‘a giriftor bo‘lg‘animniyu tufuliyyat zamonidin ko‘nglumni[ng] nazmning parokanda vasvosig‘a mash’ufu sheftavor bo‘lg‘anin va motaqaddam shuarosi malik ul-kalomlari dasturi bila jam’u tartibida sa’y qilg‘animniyu necha martaba aning tadvinida murattablar irtikob qilib har sinf she’rg‘a zebu tazyin va oroyishu oyin berganimning kayfiyatin burung‘i devonim fihrastidakim, «Badoyi’ ul-bidoya»-g‘a mavsumdur, sharh bila arz qilib erdim. Andin so‘ngra dag‘i ul jam’u tartibdin boshqa yana har taqrib bila har nav’ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling