Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
9 R u b o i ya: Yo, rab, bu xazoyinki, men ettim ma’mur Kim, xozini jannat anga xushtur ganjur. Chun keldi futurluq ko‘ngullarga surur, Berma andin ko‘ngul sururig‘a futur. R u b o i ya: Bu bahrki, ganji lomakoniy dedilar, Har qatrasin obi zindagoniy dedilar. Shah maxzani tab’idin nishoni dedilar Kim, ani «Xazoyin ul-maoniy» dedilar. Agarchi xurshidi olamtobning falakni bir davra qilg‘an zamonig‘a yil ot qo‘yupturlar va yilkim, iborat to‘rt fasldindur, har faslg‘a dag‘i bir ot ta’yin qilibdurlar. Bu nayyiri a’zam falakni bir davra qilg‘anining monandikim, bahriy(u] koniyu nabotiyu hayvoniyning natoyiji anda zohir bo‘lur, munda dag‘i jami’ ul natoyijdin dalilu asar topsa bo‘lur. To‘rt faslining muqobalasidakim, to‘rt devon voqi’ bo‘luptur, har qaysig‘a bir — munosib ot darboyist edi, ul sababdin avvalg‘i devonnikim, tufuliyyat bahori g‘unchasining ajib gullari va sig‘ar gulzorining bog‘chasining g‘arib chechaklari bila orosta bo‘lub erdi, «G‘ a r o y i b u s-sig‘ar» deyildi. Va ikkinchi devonnikim, yig‘itliku oshuftalig‘ va shabobu oliftalig‘ yoziyu dashtida yuzlangan nodir vaqoyi’ bila piyrosta bo‘lub erdi, «N a v o d i r u sh-sh a b o b» ataldi. Va uchunchi devonnikim, vasat-ul — hayot mayxonasida ishq bila shavq paymonasidin yuzlangan badii’ nishotlar kayfiyatin yozilib erdi. «B a d o y i ‘ u l-v a s at» ot qo‘yuldi. Va to‘rtunchi devonnikim, umrning oxirlarida yuzlangan ishq dardu ranji foyidalarikim, jonso‘z oh urmoqu jon topshurmoqdurkim, anda sabt bo‘lubtur, «F a v o y i d u l-k i b a r» laqab berildi. Umid ulkim, bu to‘rt devonkim, Sultoni sohibqiron oti bila muzayyaldururu alqobi bila mutarraz, ham aning otidek rub’i maskunda to‘lg‘ayu ham aning alqobidek to‘rtunchi ko‘kka degincha muntashir bo‘lg‘ay. Shukrkim, bu banda nazm vasilasiyu she’r vositasi bila tamom umrumni ul hazratning madhi bila kechurdum va barcha hayotimni aning duosi bila o‘tkardim. Tufuliyyat avonikim, yetti — sekkiz yoshdin yigirma yoshqacha chinasa bo‘lg‘aykim, umr fusulining navbahori va hayot gulshanining shukufavu gulzoridur, aning madhida «G‘aroyib us-sig‘ar» bila sarf qildim. Shabob zamonikim, yigirmadin o‘ttuz beshgacha desa bo‘lg‘aykim, ham bu fusulning yozidururkim, yigitlik chashmasorining hayotbaxshlig‘ining og‘ozidur, aning vasfida «Navodir ush- shabob» bila kechurdim. Va kuhulat ayyomikim, o‘ttuz beshdin qirq beshga degincha qiyos qilsa bo‘lg‘aykim, bu fusulning xazonidurkim, tiriklik bog‘ining bargrezining nishonidur, aning ta’rifida «Badoyi’ ul-vasat» bila o‘tkardim. Va qirq beshdin — oltmish yaqinig‘achakim ta’yin qilsa bo‘lg‘aykim, bu fusulning qishidurkim, kishining xam qad bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bila xayrbod qilishidur, aning duosida «Favoyid ul-kibar» bila nihoyatqa yetkurdum. R u b o i ya: Sarf ettim anga umr bahorin dag‘i, Bo‘stoni hayotu lolazorin dag‘i, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling