Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Kun bor erdikim bir g‘azalu ikki g‘azal, 
Bal uch g‘azalu to‘rt g‘azal ba’zi mahal. 
Mahvashlardek bori latofatda masal
Bog‘lab kiyibon yuzga hila to‘ng‘a hulal. 
Bu nazohat shabistonining pardanishinlari yuz ming zebu ziynat bila tab’ xilvatxonasidin jilvai 
noz qilib chiqib, soyir abnoyi jins silkiga kirarlar erdi va bu malohat nigoristonining nozaninlari ming 
tuman oroyishu namoyish bila xayol xilvatxonasidin xiromi dilnavoz bila harakat ko‘rguzub, yana 
abkori fitnaosorg‘a qo‘shulurlar erdi. Chun bu mavzun harakatlik dilkashlaru bu matbu’ sifatlik 
sho‘xvashlar ellik, oltmish yo yuzga yaqin bo‘lsalar erdi, bu faqir savdoyiy bir tojirdekkim, malik-ut-
tujjor desa bo‘lg‘ay,— 
R u b o i ya: 
Yuz hur sifat barchasining nozu fani, 
Kashmiriyyu rumiyyu xitou xo‘taniy, 
Kim bir shah uchun keturgay ul toyifani, 
Tojir o‘zin aylarga baho birla g‘ani. 
— kashmiriysi sehrsozlig‘da dilrabovu dilkash va rumiysi turktozliqda kofiroyinu farangiyvash va 
xitoyisi xunrezlig‘da novakzanu shershikor va xo‘taniysn fitnaangizlig‘da sherafkanu g‘izolakirdor, bu 
shamoyilu oyin bila va bu zebolig‘u tazyin bila Sultoni sohibqironning harami saroyig‘a kiyurur erdim 
va birin-birin ul hazratning kimyoasar nazarig‘a yetkurur erdim. 
Va ul hazrat inoyat ko‘zi bila ul ra’nolarni ko‘rub va iltifot nazarin har biriga yetkurub, qaysi 
birining hariru xullasida qusure ko‘runsa yo ul hullavu harirni murassa’ qilg‘an javohirda adami 
munosabat sababidin future zohir bo‘lsa, ul liboslarni chiqarib, xizonayi xosdin munosib ranglig xazu 
debo liboslar barcha qiymatiy gavharlar bila tarsi’ qilg‘on kelturub ul sho‘xlarg‘a kiydurur erdi va har 
qaysini o‘z munosabatig‘a ko‘ra tartib bila o‘z oliy majlisida o‘lturtur erdi, ya’ni aytilg‘an abyot barcha 
latoyifosor va sabt bo‘lg‘an ash’or barcha zaroyifshiorkim, ellik, oltmish yo yuz g‘azalg‘a yaqin 
yig‘ilsa erdi, hazrati Sultoni sohibqironning firdavsoso suhbatidavu sipehrfarso hazratida hozir qilib 
arzg‘a yetkurur erdim va ul hazrat alarg‘a shafqat yuzidin boqib, qaysi ma’no sho‘xiningkim tarkibi 
xil’atida va alfozi kisvatida betakallufluq ko‘rsa, o‘z ganjinayi zamiri xizonasidin munosib alfoz bila ul 
liboslarg‘a tag‘yir berib va ul alfoz kisvatida sanoyi’ javohiridin nomunosiblig‘ ma’lum qilsa, o‘z 
xizonayi xotiri ganjxonasidin yoqutu la’li rangin va gavharu durri samin bila ul zebu ziynatqa tabdil 
yetkurub, har g‘azalni tartib yuzidin o‘z o‘rnig‘a raqam qilur erdi. 
Va bu faqiri bebizoatu bu faqiri beistitoat ul ta’limlarni o‘zumga dastur qilib hamul dastur bila ul 
zabtu tartibg‘a shuru’ qilur erdim. Mundin boshqa dag‘i ul hazratning ko‘p xossa ma’nolari xayolotinu 
g‘arib mazmunlari maqolotin va dilpazir tashbihlari nazokatinu benazir tanbihlari jazolatin burung‘i 
ikki devonim debochasida sharh bila mazkur qilib erdimu tafsil bila mastur etib erdim. Bu devonlarda 
dag‘i hamul dastur bila maoniy javohiri shohvoridin va alfoz naqshu nigoridin va tarkib salosatu 
latofatidin va choshniy holatu haroratidin hech juzve juz’iyyotdin yo‘qturkim, ul hazratning muborak 
tab’ining anda kulliy daxli bo‘lmamish bo‘lg‘ay. Balki asli xayol ul hazratning bo‘lub, bu banda ham 
ul hazratning buyrug‘i ta’limi bila anda juzviy daxle qilmish bo‘lg‘aymen. Bu jihatdin bo‘laolg‘ayki, 
bu devonlar ul hazratning adilsiz tab’idek benaziru har shoh bayti o‘z humoyun zotidek olamgir 
bo‘lg‘ay. Chun bu ma’no gavharlari barcha ul hazratning tab’i bahridinu zehni konidin hosil bo‘ldi va 
alfozu iborat xazoyini hamul ma’nolar gavharidin to‘ldi, bu ma’nodin aning otin X a z o y i n u l-m a o 
n i y qo‘yuldi. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling