Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
abyotkim, aytilib erdiyu har nav’ g‘azaliyotkim, yig‘ilib erdi, ul xayol shabistonining duraxshon 
axtarlarinu ul ko‘ngul maxzanining duraxshon gavharlarin dag‘i ikkinchi devonimdakim, «Navodur 
un-nihoya»g‘a mashhurdur, rabtu tartib berib, debochasinda sharh bila aizzayi ashobu ajillayi ahbob 
xidmatlarida arz qilib erdim. Andin so‘ngra xayolimg‘a kelur erdiyu ko‘nglumga evrulur erdikim, — 
R u b o i ya: 
Shoirlig‘ ila shuhra qilib otimni, 
Zoyi’ qildim she’r ila avqotimni. 
Emdi tuzayin tengriga tootimni, 
Ko‘p elga mushavvash etmay abyotimni. 
R u b o i ya: 
Chunkim qaridim, umrni barbod etmay
Ko‘nglumni yigitlar g‘amidin shod etmay, 
Har lahza birov ishqida faryod etmay, 
Holim sharhin nazm ila bunyod etmay! 
R u b o i ya: 
Ellik bila oltmishqa yetti qadamim
Ne ma’nokim, bo‘lmadi erkin raqamim, 
Ne turfaki, sabt etmadi erkin qalamim 
Kim, yo‘q biridin xotir aro juz alamim. 
— agarchi bu nigorish topqan ikki devon tartibida va guzorishqa kirgan ikki daftar tadvinida ham 
bu faqiri nomurodu haqiri noshodg‘a hech ixtiyor yo‘q erdi, nevchunki barchasi sultoniy hukmlaru 
ehsonu tahsinlar va xoqoniy amrlaru ta’limu talqinlar bila erdi, andin so‘ngra xud xotirg‘a kelmas 
erdikim, bir g‘azal husn bahori g‘azolalari ta’rifida yo ishq otashkasida sha-roralari tavsifida 
tugatgaymen, balki bir bayt bir sho‘xning jamoli dilfuruzi bobida yo o‘z ko‘nglumning dardu so‘zi 
sharhida nazm silkiga kiyura olg‘aymen yo xayolimg‘a kechura olg‘aymen. 
R u b o i ya: 
Komin qilur ermish odamiyzod xayol, 
Naqsh aylar emish ko‘ngliga yuz fikri mahol
Mundin g‘ofil qolibki, hayyi mutaol 
Kelturgusi tongla aning ollig‘a ne hol. 
R u b o i ya: 
Ham demagida yo‘q e’tibore kishiga, 
Ham qilmog‘ida yo‘q ixtiyore kishiga. 
Taqdir aro chun yo‘q iqtidore kishiga, 
Ne qilg‘anig‘a ne erk bore kishiga. 
Yana ro‘zgor havodisidin ul fikrlar barcha ko‘nglumdin bordi va ishqi ojizkush zulmu bedodi ul 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling