Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 No‘shirvon adl ichinda tobi’ ham anga. R u b o i ya: Fa’’oli qazo hukmig‘a anboz kelib, G‘addori qadar amrig‘a damsoz kelib, Bazmi aro Zuhra nag‘mapardoz kelib, Anjomi zamon davrig‘a og‘oz kelib. R u b o i ya: Haq ko‘nglin aning bilikka maxzan aylab, Har fanda arig‘ zotini yakfan aylab, Johi taxtin[i] charxi musamman aylab, Tufroqdek ul o‘zin furutan aylab. R u b o i ya: Iqbol anga davlat mayi payvast tutub, Bu boda bila jonin aning mast tutub, Haq ani sipehrdin zabardast tutub, Tufrog‘din ul vale o‘zin past tutub. R u b o i ya: Ham qiblayi iqbol harimi johi, Ham Ka’bayi omol biyik dargohi, Shahlarning dardmandiyu ogohi, Bu turfaki, dardmandlarning shohi. As-sulton-ubnu-s-sulton va-l-xoqonu-bnu-l-xoqon, muizz-us-saltana va-d-dunyo va-d-din Abulg‘ozi Sulton Husayn Bahodurxon xallada-l-lohu ta’olo mulkahu va sultonah va afoza’al-al-olamin birrahu va ihsonah. R u b o i ya: Bo‘lg‘ancha sipehr davri komi bo‘lsun, Aflok uza bazm ihtishomi bo‘lsun. Ham dargahi shohlar maqomi bo‘lsun, Yilda bir alarg‘a bori omi bo‘lsun. R u b o i ya: Har lahza qil anga yuz inoyat, yo rab, Ollig‘a yorut sham’i hidoyat, yo rab, Ham umrini ayla benihoyat, yo rab, Ham davlatig‘a yeturma g‘oyat, yo rab. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Bu yanglig‘ falaktazyin dargohdinu bu nav’ arshoyin bargohdin xitobi sadmatomizu hukmi hayratangiz yetishti. Mazmuni bukim, ey qadimiy bandayi xosu ey boyiriy xodimi zaviy-ul-ixtisos, burung‘i ikki devonkim, bizning hukmu xitobimiz bila murattab qilding va kulliyotu juzviyotin bizning mashvaratu ta’limu istisvobimiz bila tuzattingkim, birining ishqomiz abyotidin bu eski dayrning rafi’ toqida ushshoqning sho‘ru g‘avg‘osidur va yana birining shavqangiz g‘azaliyotidin bu qadimiy mani’ gunbad ravoqida muhabbat ahlining xo‘yu alolosi. Andin so‘ngra yig‘ilg‘an ash’orningu nazm rishtasig‘a tortilg‘an durri shahvorning adadi burung‘i devonlardin ortqan chog‘lig‘durur va bu latofati sifoti xo‘blar va malohati simoti mahbublar bila yana ikki devon tartib bersa bo‘lurdek ma’lum bo‘ladur. Netgungdurkim, bu ishdin dilbandroq bo‘lg‘ayu ne qilg‘ungdurkim, bu shug‘ldin sudmandroq bo‘lg‘ay. Emdi avlo budurkim, bu g‘arib ishga ko‘ngul kelturgaysen, balki hukm bu erurkim, bu ajib amrg‘a xoma surgaysenu tafakkur xilvatgohida xayol sho‘xu ra’nolari bila bazm tuzgaysen va to falak gardish qilur bashar jinsining xayolig‘a kelmagan a’jubani elga ko‘rguzgaysen. O‘zung bilursenkim, nazm harimining xoslariyu she’r bahrining g‘avvoslarikim, ruhparvar navolig‘ anfoslaridin zamona bazmi to‘lubtur va xayol daryosidin chiqarg‘on qiymatiy guharlaridin davron libosi javohir bila murassa’ bo‘lubtur, hech qaysi olamning rub’i maskunin ola olmaydur va to‘rt gavhardin murakkab bo‘lg‘an bashar xayli hech qaysidin to‘rt devon yodgor qolmaydur. Bir o‘z asrida ganji ma’naviy Amir Xusrav Dehlaviyni derlarkim, sulton Malikshoh Alp Arslon otig‘a to‘rt devon murattab qilmish bo‘lg‘ayu xotimasini aning oti bila muzayyal etmish bo‘lg‘ay va bu ishi ul zamonning yaxshi-yomoni qulog‘iga yetmish bo‘lg‘ay, agarchi bu so‘z mazkurdur, ammo ul devonlar ma’dumdur va ul ma’dumlarning agarchi asomiysi mavjuddur, ammo vujudi noma’lumdur. Xayolig‘a o‘tkarib, varaqqa nigorish qilmag‘anmu erkin, yo tiliga kechurub, tartib yuzidin nasaqqa guzorish bermaganmu erkinkim, «Xamsa»siyu soyir manzum kutubu rasoili o‘z holi bila mavjuddur. Bu to‘rt devoni zamon ahlidin mehru vafo va insofu muruvvatdek nobud. Chun senga tavfiq madad qilipturu bu maqsudning hech kimga yig‘ilmag‘an moddasi yig‘iliptur, tilarbizkim, fursatni g‘animat bilgaysenu bu muddao husulig‘a rag‘bat qilg‘aysen. Bu hukm chun qulog‘img‘a yetishti, ajzu zabunluq o‘tining dudi ko‘nglumdin dimog‘img‘a yetishtikim, hukm qaviy erdiyu mahkum zaif va amr bag‘oyat kulliy erdiyu ma’mur asru nahif va ra’sha paykarimg‘a tazalzul soldiyu xavosu xayolim xayli bir-biridin qo‘zg‘aldi. Ne uzr ayturg‘a zahravu jur’atim va ne qabul qilurg‘a havsalavu quvvatim, agarchi uzr dilpazir emas erdi, ammo o‘z ajzi holimni arzg‘a yetkurmakdin ham guzir emas erdi. R u b o i ya: Dedimki, bu ishdakim, bo‘lurmen ma’mur, Har nechakim tutmasam o‘zumni ma’zur, Lek ishtaki, ajdahog‘a kelturgay zo‘r, Zo‘r etkay o‘ziga, istasa qilmoq mo‘r. Ul humoyun zamirning oyinayi getiynamoyida ravshanu paydodur va ul pokiza ko‘ngulning jomi jahonoroyida mubarhanu huvaydokim, bu bandayi faqirg‘a ne notavonlig‘lar shikast berdiyu bu zarrayi haqirg‘a ne sargardonlig‘lar dast berdi. Agarchi marazimg‘a sihhat umidi paydo bo‘luptur, ammo hanuz g‘izo bila sharbatkim, ichilur, yeyilur, misqol tarozusi bila tortilur va tongdin aqshomg‘acha soat shishasig‘a ko‘z tikilur va agarchi za’-fimg‘a quvvat imkoni zohir bo‘luptur, ammo hanuz buzug‘ koshonamdin chiqarg‘a qo‘pmoq tilasam, osilg‘an idbori ankabut torlari dastgirim bo‘lub madad yetkurmaguncha, tebranmakka tobu tavon va harakatqa maqdur, balki imkon yo‘qtur; pashsha yuz pili damon torta olmag‘an yukni nechuk tortqay, bataxsiskim, majruhu ranjur dag‘i bo‘lg‘ay, mo‘rcha ming sheri jiyon qila olmag‘an ishni nechuk qila olg‘ay, xususankim, bemoru sihhat tariqidin mahjur dag‘i bo‘lg‘ay. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling