Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Ko‘z yoshimdin bu qadar lutfu tarovatdur sanga. 
Ey quyosh, mehr ahlini kuydurma bu vodiydakim,
Garmravlar ohidin muncha haroratdur sanga. 
Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,
Chun necha ul qilsa istig‘no, haqoratdur sanga. 
18 
Ey alifdek qomating mayli buzulg‘an jon aro
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro. 
Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho‘xlar
O‘ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro. 
Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,
Ayb qilmakim, g‘alat gohe tushar Qur’on aro. 
O‘qlaringdin jon toparmen, go‘yiyo paykonlari
Su icharda g‘o‘ta topmish chashmayi hayvon aro. 
Xasta ko‘nglum ohi ko‘nglungga dedim qilg‘ay asar,
Qayda o‘ltursun vale bemor o‘qi sandon aro. 
Boshta gavhar go‘yining fikridin ortar dardisar
Kimki, kechti boshidin go‘y urdi bu maydon aro. 
Uyki, adno tebranur sokinga xotir jam’ emas,
Ne ajab, gar amn yo‘qtur gunbadi gardon aro. 
La’ling olg‘an ko‘nglum ahvolin munajjim chun ko‘rar,
Aytur ul avvora bo‘lg‘an g‘oyibingdur qon aro. 
Ey Navoiy, ishq dardi ko‘rgan el ko‘nglin buzar,
Har xaroshekim, unung zohir qilur afg‘on aro. 
19 
Kimki ko‘rsa mushki nob ul sunbuli serob aro,
Bir qora tufrog‘ degaykim tushti mushki nob aro. 
Qoshing ichra rishtayi jonimg‘a chirmang‘an ko‘ngul,
Ankabutedurki, aylabdur vatan mehrob aro. 
Ul quyoshdin ayru ashkim yomg‘urining barqidur,
O‘t tutashqan rishta yanglig‘ jismi pechu tob aro. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Ul labi unnobgun ko‘nglumga ekkan tuxmi mehr,
Ko‘nglum ichra yoshurundur donadek unnob aro. 
Uyqu saydi qasdig‘a otqan toshingdindur nishon,
Ko‘z qorasi demagil bu diydayi bexob aro. 
Charxi doyir bahridin el tutmasun sohil umid,
Kim qutulmas har kishikim, tushti bu girdob aro. 
Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas,
Basdurur mazkur ham bo‘lsa gahe ahbob aro. 
20 
Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamag Jayhun aro,
Axtari sa’de hilol ichra kezar gardun aro. 
Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar
Yo hilolu mehr aksin el ko‘rar Jayhun aro. 
Kemadin har dam chiqib rangin su ko‘zum qonidek,
Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro. 
Borg‘il, ey Majnunki, ul oy zavraqidek tez emas,
Jungkim Laylo amoriysin chekar homun aro. 
Olma xum girdobidin bir lahza sog‘ar zavraqin,
Bahri g‘amdni istasang maxlas bu dahri dun aro. 
Bahr mavjidin mushavvash bo‘lmasun deb xotiring,
Mavj urar yuz bahri g‘am bu xotiri mahzun aro. 
Dur bo‘lur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida
Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro. 
21 
Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro,
Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro. 
Lek ul tikanlar ichra xayoling bila ko‘ngul
O‘ynar magar gul uzrayu ag‘nar suman aro. 
Jism o‘yidin ko‘ngul tilar ul ko‘yni, valek
G‘urbat suubatin kishi bilmas vatan aro. 
Ermas uchug‘ labingdaki ul yuz Suhaylidin
Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling