Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 Ko‘runglar ishq dashtinkim, nasimu loladin har yon, Gahe jonbaxsh salqindur, gahe muhlik sharor anda. Erur ishq oyatekim, nuqtasining donasin ko‘rgach, Tushar arvohi qudsiy qushlari beixtiyor anda. Navoiy, dayr aro kir, gar fano jomi tilar ko‘nglung, Riyodur xonaqah ahlida, borma zinhor anda! 25 Dog‘larkim, qo‘ydum ul oy furqati ozorida, Dudi har birning erur dog‘e falak ruxsorida. Za’fim ichra qasri tomig‘a tayang‘andekdurur, Har somon ko‘rsang yopushqan ko‘yining devorida. Bir musulmong‘a erur din qasdi etkandin hisob Har tugunkim, ko‘rsang ul kofir sochi zunnorida. Gulshan ichra ko‘p binafshangdin dema, ey bog‘bon, Nil ila, ko‘r, xollar har yon yuzi gulzorida. Qo‘ydi gulgun muhrlar jon pardasida qon ila, Vahki, solur muhri, yo gulmu ekin dastorida. Tang‘a jon kirgan kebi jononni yetkur, ey tabib, Emdikim, jondin ramaq zohir emas bemorida. Vahki, bir qotilg‘a oshiqmenki jonning biymi bor, Ishqining joy ichra ham ixfosi, ham izhorida. Topmasang davr ahlidin mehru vafo, ayb etmakim, Butmamish bu meva davron bog‘ining ashjorida. Ey Navoiy, aqlu din yag‘mo qilur davron mayi, Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida. 26 Ey ko‘ngul, gar kimsa ahvolim demas yor ollida, Xotirim kimdin malul o‘lsun, kimim bor ollida?! Ul ko‘z ollida halokim desalar, yo‘q bok hech, Garchi o‘lmakdin demak yo‘q shart bemor ollida. Ne jafokashmen ko‘rungkim, bor anga qilmoq jafo, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 28 So‘z vafodin zohir etsam ul jafokor ollida. Ollig‘a gullarki, sanchibdur, mushobihdur anga Kim, tushar gohe mulavvan muhr dastor ollida. Ko‘zlaring qonim g‘izo qilsun agar yolg‘on desam, Bir qoshuq qonim bihil ul ikki xunxor ollida. May berur bo‘lsang manga dayr ichra ber, ey mug‘bacha Kim, qo‘yay boshimni qo‘ysam piri xammor ollida. Ey Navoiy, er esang dunyo arusin qil taloq, Bir yo‘li bo‘lma zabun bu zoli makkor ollida. 27 Dahr elidin naf’ agar yo‘qtur, zarar ham bo‘lmasa, Marham ar yo‘qtur, ko‘ngulga nishtar ham bo‘lmasa. Olam ahlidin agar yo‘qtur jigargun sog‘are, Koshki yuz ming qadah xuni jigar ham bo‘lmasa. Mahvashekim bo‘lmag‘ay vaslidin ummidi hayot, Xushtururkim jong‘a hajridin xatar ham bo‘lmasa. Bedilekim, bexabar tushkay birov hijronig‘a, Ne balodur gah-gahe andin xabar ham bo‘lmasa. Soqiyo, netkay meni ul nav’ qilsang mastkim, Aqlu hushumdin nishon, balkim asar ham bo‘lmasa Kim, tuzay mastona Shohi G‘oziy avsofida savt, Bu ko‘ngul gar bo‘lsa o‘z holida, gar ham bo‘lmasa. Ey, Navoiy, sen chekarsen oh, lekin yaxshidur Ul pariyning zulfi bu yel birla darham bo‘lmasa. 28 Ne xush bo‘lg‘ay ikovlan mast bo‘lsaq vasl bog‘inda, Qo‘lum bo‘lsa aning bo‘ynidavu og‘zim qulog‘inda. Dame vasl ichra volalig‘ bila ruxsorim egnida, Yana bir dam niyozu ajz ila boshim ayog‘inda. Tutub gohe zanaxdonin mukarrar aylasam bot-bot, Ko‘rub gullar ochilg‘an bodadin ruxsori bog‘inda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling